Sanoat Kapitali
Sanoat kapitali - sanoat sohasiga qoʻyilgan va shu sohada ishlatiladigan kapital. Tarixan Sanoat kapitali qishloq xoʻjaligi, savdo, sudxoʻrlikaa qoʻllanilgan kapitalning sanoatga koʻchishi natijasida paydo boʻlgan. Sanoatdagi iqtisodiy resurslarning tarkiban har xil boʻlishi sababli Sanoat kapitali 2 qismga — asosiy kapital va aylanma kapitali boʻlinadi. Bu qismlarning nisbati sanoat i.ch. xususiyatlariga qarab farqlanadi. Sanoat kapitalining kapital sigʻimi katta boʻlgan tarmoqlarda, mas, mashinasozlik va konchilikda asosiy kapital hissasi, qimmatbaho xom ashyo va butlovchi qismlarni ishlatuvchi tarmoqlarda (zargarlik, elektronika va boshqalar) aylanma kapital qissasi yuqori boʻladi. Sanoat kapitali doiraviy harakat qiladi. Sanoat kapitalining doiraviy aylanishi pul shaklida (P) boshlanadi va bu pulga bozordan zaruriy resurelar sotib olinib, korxonada qoʻllanilganda i.ch. omillariga aylanadi, ular yordamida tovarlar yaratiladi, Sanoat kapitalining qiymati tovar (T) shakliga kiradi. Tovarlar bozorida sotilgandan keyin tovar qiymati tovar shaklidan pul shakliga (IT) aylanadi va P’ dastlabki P.dan katta boʻladi. Sanoat kapitalining doiraviy aylanishi shunday davom etadi va i.ch.ning uzluksizligi taʼminlanadi. Sanoat kapitali oʻz doiraviy aylanishi natijasida foyda yaratadi, bu foydani uning egasi tadbirkorlik daromadi shaklida oladi. Foydaning bir qismi kapitallashadi, yaʼni investitsiyaga aylanib Sanoat kapitaliga qoʻshiladi va uning oʻsishi yuz beradi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida monoiolmyalarning paydo boʻlishi natijasida Sanoat kapitali bank kapitali bilan qoʻshilib ketdi va moliya kapitali vujudga keldi (qarang Kapital, Moliya kapitali, Pul kapitali).
Ahmadjon Oʻlmasov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Sanoat kapitali — bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yangi mahsulotlar yaratish uchun zarur bo‘lgan moddiy va moliyaviy resurslarning majmuasidir. U sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun asosiy kapital (binolar, inshootlar, mashina-uskuna), aylanma kapital (xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, ishchi kuchi), shuningdek moliyaviy kapitalni o‘z ichiga oladi.
Sanoat kapitalining asosiy vazifalari quyidagilar:
- Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va barqarorligini ta'minlash;
- Yangi texnologiyalarni joriy etish va samaradorlikni oshirish;
- Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va optimallashtirish;
- Bozor talabiga mos mahsulotlarni ishlab chiqarish va raqobatbardoshlikni oshirish.
Sanoat kapitalining turlari:
- Asosiy kapital – uzoq muddatli ishlab chiqarish vositalari, masalan, zavod binolari, mashina va uskunalar.
- Aylanma kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta sarflanib, mahsulotga aylantiriladigan resurslar, masalan, xomashyo, materiallar.
- Moliyaviy kapital – ishlab chiqarish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar, investitsiyalar.
Sanoat kapitalining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini, ishlab chiqarish samaradorligini hamda eksport salohiyatini belgilaydi. Shu sababli davlatlar ko‘pincha sanoat kapitalini shakllantirish va kengaytirishga katta ahamiyat beradi, investitsiyalarni jalb etadi hamda yangi sanoat tarmoqlarini rivojlantiradi.
Umuman olganda, sanoat kapitali iqtisodiy o‘sish va sanoat sohasining mustahkamligini ta'minlovchi eng muhim omillardan biridir.