Sano (Tochigi)
Sano (yaponcha: 佐野市 Sano-shi?) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda, aholi soni 117.669 kishini tashkil etgan, 52.066 ta xonadondan iborat boʻlib, aholi zichligi 1 km2 ga 330 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 356,04 kvadrat kilometr (137,47 mi²) ga teng. Shahar Outlet Mall, Sano Yakuyoke Daishi ibodatxonasi va mahalliy xilma-xil ramenlar ayniqsa Sano Ramen bilan mashhur. Yaqinda Sano Yaponiyadagi kriket uyi sifatida xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi.
Geografiyasi
Sano shimoliy Kanto tekisligida, janubi-gʻarbiy Tochigi prefekturasi hududida joylashgan boʻlib, gʻarbda Gunma prefekturasi bilan chegaradosh.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Tochigi prefekturasi
Gunma prefekturasi
Iqlimi
Sano nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sanoda oʻrtacha yillik harorat 14.5 °C (58.1 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,258.0 mm (49.53 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.3 °C (79.3 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 3.2 °C (37.8 °F) boʻladi.
Demografiyasi
Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Sano shahri aholisi soni 1990-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shu vaqtdan buyon ancha kamaygan.
Tarixi
Edo davrida Sano qal’a shaharchasi va Sano domenidagi Daimyoning oʻrni boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Tochigi, Aso tumanida Sano shahri yaratildi. Sano 1943-yil 1-aprelda qoʻshni Inubushi va Horigome shaharlari hamda Sakai va Hatagava qishloqlari bilan birlashgandan soʻng shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1955-yil 1-yanvarda Inazuma qishlogʻini (Ashikaga tumanidan), 1955-yil 1-aprelda Akami shahrini (Aso tumanidan) oʻziga qoʻshib oldi.
2005-yil 28-fevralda Sano Kuzu va Tanuma shaharlarini (ikkalasi ham Aso tumanidan) oʻzlashtirdi.
Hukumat
Sano toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Sano shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 5-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
Qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari boʻlib, Kanpyo, kurkuma va ismaloq yetishtirish asosiy qishloq xoʻjalik sohasi hisoblanadi. Shahar tobora qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona shaharchaga aylanib bormoqda.
Taʼlim tizimi
Sanoda shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada bitta oʻrta maktab ham bunyod etilgan. Shuningdek, uchta xususiy oʻrta maktab ishlaydi. Sano shahrida Sano kolleji kompusi joylashgan.
Sport
Sano Yaponiya Kriket Assotsiatsiyasining bosh qarorgohi hisoblanadi va xalqaro jamoalar oʻrtasida bir qator kriket oʻyinlariga mezbonlik qildi. 2016-yil 22-martda Sano shahrida Sano xalqaro kriket maydonchasi ochilishi eʼlon qilindi, u Yaponiyaning birinchi maxsus kriket maydonchasi boʻlib, foydalanish uchun boshqa sport turlari bilan raqobatlashmaydi.
Transporti
Temir yoʻl
JR Sharqiy yoʻnalish — Ryomo liniyasi
Tobu temir yo'li — Tobu Sano liniyasi
Magistral yoʻl
Avtobus
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Xalqaro munosabatlar
Sanodan chiqqan taniqli odamlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org