Sanny Åslund




John Sanni Aslund (1952-yil 29-avgustda tugʻilgan) — Shvetsiyalik sobiq futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Oʻyinchi sifatida u 1971 va 1982-yillar oraligʻidagi faoliyati davomida Degerfors IF, AIK, Espanyol va Werder Bremen klublarini himoya qilgan. 1977 va 1979-yillar oraligʻida toʻliq xalqaro maydonga tushgan, u Shvetsiya terma jamoasi uchun beshta oʻyinda gʻalaba qozongan va ikkita gol urgan. 1978-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibining asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Murabbiy sifatida u boshqargan eng yirik klubri AIK va IFK Norrköpingni hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Aslund oʻz faoliyatini 1963-yilda Sörby IKda boshlagan va professionallar safiga oʻtgan. 1971-yilda Degerfors IF jamoasida oʻynagan, bir mavsumdan soʻng u AIK Fotbollga oʻtgan, yana u 1974-yilda Ispaniyaning RCD Espanyol jamoasiga oʻtishdan oldin bir mavsum AIK Fotboll safida oʻynagan. Keyingi mavsumni Espanyolliklar bilan yakunlagan futbolchi mavsum ohirida Germaniyaning " Verder " klubi bilan shrtnoma imozlagan va yangi mavsumni Nemis klubida boshlagan. Germaniyadagi bir yillik faoliyatidan soʻng u Shvetsiyaning AIK jamoasiga qaytib, 1976-1982-yillarda oʻynagan. 1979 va 1980-yillar davomida u Malmö FFda qisqa mavsum oʻtkazgan.

Xalqaro karyera



Åslund 1978-yilgi FIFA Jahon chempionatida foydalanilmagan zahira oʻyinchi boʻlgan. Shvetsiya terma jamoasi uchun beshta oʻyinda gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan.

Oʻyindan keyingi karyerasi



U AIKning sobiq bosh direktori va sobiq AIK futbolchisi Martin Aslundning otasi hisoblanadi.

Karyera statistikasi



Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz