San-Luis-Potosi






San-luis-potosi - Meksikadagi shtat. Maydoni 62,8 ming km². Aholisi 2,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — SanLuisPotosi sh. Meksika togʻligida joylashgan. Hududining katta qismi Meksika qoʻltigʻidan Sharqiy SyerraMadre togʻlari bilan ajratilgan berk havzadan iborat. Iklimi yozi issiq va qishi sovuq togʻtropik, quruq iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 9— 25°. Yillik yogʻin 400 mm dan ziyod. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Qoʻychilik, sut chorvachiligi rivojlangan. Yovvoyi oʻsadigan oʻsimliklar teriladi. Polimetall rudalar qazib olinadi. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz