Sankxya




Sankxya (sanskritcha, aynan — son, hisoblash) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etuvchi) tizimdan biri. taxminan mil. av. 7-asrda donishmand Kapila asos solgan. U "Sankxya sutra" asarini yozgan, lekin bizgacha yetib kelmagan. S. 3—4-asrlardan 8—9-asrlargacha rivojlangan (klassik S. deb atalgan). S. taʼlimotiga koʻra, olam asosida 2 ibtido — prakriti (materiya) va purusha (ruh) yotadi. Prakriti barcha narsalarning asosini tashkil etuvchi moddiy substansiya boʻlib, u adabiy va bir butundir. Uning boshi ham, oxiri ham yoʻq. U hech kim tomonidan yaratilgan emas. Purusha — ruhiy substansiyadir. U passiv, hech narsani yaratishga qodir emas. Tabiatdagi barcha hodisalar satva (ong), rajas (faollik), tamas (passivlik) deb ataluvchi uchta kuch (guna)ning oʻzaro munosabatiga bogʻliqdir. S. taʼlimoti vaysheshika, nʼyaya, mimansa taʼlimotlariga taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz