Sankt-Peterburg madhiyasi
Sankt-Peterburg madhiyasi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Sankt-Peterburg shahrining rasmiy davlat ramzi hisoblanadi. 2003-yil 13-mayda Sankt-Peterburg dumasining 165-23-sonli „Sankt-Peterburgning rasmiy ramzlarining batafsil tavsifi va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida“gi qonuniniga koʻra yangi tahrirda qabul qilingan. 23-aprel kuni Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan va Sankt-Peterburg gubernatori tomonidan imzolangan.
Matn
Faktlar
1. Aleksandr Gorodnitskiy Leningradning 250 yilligiga bagʻishlab „Bronza chavandozi“ baletidagi Reyngold Glier musiqasiga madhiya yozgan.
2. Madhiya rasmiy jihatdan 2003-yilgacha soʻzsiz ijro etilgan.
3. 2002-yilda Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi shahar madhiyasi yangi matni uchun tanlov eʼlon qildi. 2002-yil 24-oktyabrda tanlov hakamlar hay’ati qarori bilan Oleg Chuprov matnini gʻolib deb topildi.
4. 2002-yil 17-dekabrda V.A.Tyulpanov boshchiligidagi komissiya madhiyaning tanlangan variantini tasdiqladi. Tegishli qonun Qonunchilik Assambleyasi tomonidan 2003-yil 23-aprelda qabul qilingan.
5. 2003-yil 13-mayda qonun Sankt-Peterburg gubernatori tomonidan imzolandi.
Mualliflar
Matn muallifi shoir Oleg Chuprov hisoblanadi. Musiqasi Reyngold Glierga tegishli.
Shaharning norasmiy madhiyalari
Quyidagi madhiyalar shaharning norasmiy madhiyalari hisoblanadi.
1. „Вечерняя песня“ — Aleksandr Churkin soʻzi va musiqasi Vasiliy Solovyov-Sedoy
2. „Атланты“ — Aleksandr Gorodnitskiyning 1963-yilda yozilgan qoʻshigʻi.
3. „Так живи, мой град, живи“ — bu Vladislav Irxinning 2002-yilda yozilgan qoʻshigʻi.
4. „Санкт-Петербург — гордая белая птица“ — Oleg Kvasha qoʻshigʻi, Sankt-Peterburgning 300 yilligiga bagʻishlangan rasmiy madhiya.
5. „Санкт-Петербург“ — bastakor Timur Ibragimovning 2003-yilda yozilgan qoʻshigʻi, matni Eva Kondrashevaga tegishli.
Bugungi kunda shaharning bir qancha bayram tadbirlarida ijro qilinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida uchta shahar oʻz madhiyasiga ega boʻlib, Sankt-Peterburg madhiyasi shular qatorida turadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org