Sanjin Prchich




Sanjin Prcić (talaffuzi: Sanjin Prchich; 1993-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Strasburg va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyat davri



Prcić 2001-yilda Sochauxning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2012-yil sentabr oyida tizzasidan og‘ir jarohat oldi va kamida olti oyga safdan chiqishi maʼlum boʻldi. 2013-yilning 31-avgustida 19 yoshida Ajaccioga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan. 30-oktabrda professional golini Monpellierga kiritdi.

Rennes



2014-yilning iyul oyida Prcić nomaʼlum toʻlov evaziga Rennesga oʻtdi. Klubdagi rasmiy debyutini 16-avgust kuni Evianga qarshi oʻtkazdi. 2015-yilning 25-aprelida Nicega „Renn“ safidagi ilk golini kiritdi.

Sentyabr oyida Prcić Italiyaning Torino jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi. 2016-yilning yanvarida yarim mavsumga Perudjaga ijaraga berildi.

Levante



2018-yilning avgustida Prcić uch yillik shartnoma asosida Ispaniyaning Levante jamoasiga oʻtdi. Jamoadagi debyutini 17-avgust kuni Betisga qarshi oʻtkazdi.

Strasbourg



2019-yil yanvar oyida Prcić Strasburgga olti oylik ijara asosida oʻtdi. 30-yanvar kuni Bordeauxga qarshi Coupe de la Liga oʻyinida rasman debyut qildi. Oradan bir hafta oʻtib, Angersga qarshi oʻyinda debyut qildi va gol urishga muvaffaq boʻldi. 30-mart kuni klubi Coupe de la Liga finalida Guingampni magʻlub etdi, Prcić klubdagi birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Sentyabr oyida Strasburg Prcić bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2022-yilning may oyida shartnomasini 2025-yilning iyuniga qadar uzaytirdi.

Xalqaro faoliyati



Prcić Bosniya va Gersegovinani barcha yosh toifadagi terma jamosini himoya qilgan. Velimir Stojnić bosh murabbiyligidagi 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan.

2014-yil avgust oyida Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Kiprga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyiniga birinchi marta chaqiruv oldi. 4-sentabr kuni Lixtenshteynga qarshi debyut qildi.

Faoliyat statistikasi



Klub



13-noyabr, 2022-yil[22]

Xalqaro



14-iyun, 2022-yil[23]

Yutuqlari



Strasburg

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz