Sanjar Yanishev
Sanjar Yanishev (1972-yil, Toshkent) — rus shoiri, oʻzbek tilidan tarjimon. Toshkent universitetining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tdi.
„Toshkent sheʼriyat maktabi“ uyushmasi, „Kichik ipak yo‘li“ Toshkent ochiq sheʼriyat va almanax festivali asoschilaridan biri. Oʻzbekiston zamonaviy sheʼriyatining ikki tilli „Anor / Granat“ antologiyasi tuzuvchisi (M., 2009-yil). „O‘ttiz avlod“ guruhining vakili. 2001-yil uchun „Triumf“ rag‘batlantiruvchi yoshlar mukofoti sovrindori. Sheʼrlari va tarjimalari „Sharq yulduzi“ (O‘zbekiston), „Znamya“, „Oktabr“, „Arion“, „Xalqlar do‘stligi“, „Yangi dunyo“, „Yangi yosh“ (Rossiya), „Kitobsevar“ (Qozog‘iston), „Interpoeziya“ (AQSh), „Kichik ipak yo‘li“ almanaxi (O‘zbekiston), „10/30“ antologiyalari (M., 2001-yil), „Contemporary Russian poetry“ (2008-yil), „Anor/Granat“ (M., 2009-yil) va boshqa jurnallarda chop etilgan.
Asarlari
Havolalar
uz.wikipedia.org