Sanjar Tursunov (bokschi)




Sanjar Shakirdjanovich Tursunov (1998-yil 18-avgust, Denov, Oʻzbekiston) — birinchi og‘ir vazn toifasida (91 kg gacha) o‘zbek professional bokschisi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali (2017), Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari (2019, 2021) sovrindori sanaladi. U „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ringga ko‘tariladi.

Havaskorlik faoliyati



Sanjar Tursunov 2017-yil sentyabr oyida Gamburgda o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ladi.

U 2019-yil aprel oyida Bangkokdagi Osiyo chempionatining kumush medali sovrindoriga aylanadi.

Sanjar „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ham ishtirok etadi.

2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari



U 2020-yil martida 4-o‘rinni egalladi va Ammanda (Iordaniya) o‘tkaziladigan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo/Okeaniya saralash turniridan o‘tadi. Tursunov 2021-yilning iyulida Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ringga ko‘tariladi, biroq musobaqaning 1/16 finalida jazoirlik bokschi Abdulhafid Benshablaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ladi.

Professionallik faoliyati



2018-yilning 8-noyabr sanasida Sanjar AQSHda meksikalik tajribali bokschi Migel Kubosni (11-19) 2-raundda texnik nokaut bilan yutib, professional ringdagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz