Sanjar Tursunov




 

Sanjar Tursunov (1986-yil 29-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbolchi. Pozitsiyasi boʻyicha yarimhimoyachi. U hozirda AGMK klubida oʻynaydi.

Klublardagi Faoliyati



Paxtakor



Tursunov paxtakor yoshlar jamoasida oʻynagan va 2006-yilda Rossiyaning „Irtish Omsk“ futbol klubiga oʻtgan.

Irtish Omsk



2006-yil 23-aprelda Irtish Omsk jamoasidagi ilk o‘yinini o‘tkazgan. Irtish Omsk uchun birinchi golini uch kundan keyin ikkinchi diviziondan Kemerovo Kuzbassga qarshi oʻyinda kiritgan. 2008 yilgi mavsum oxirigacha 86 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan.

Volga FK



2009-yil yanvar oyida Nijniy Novgorodning „Volga“ klubiga koʻchib oʻtgan va Rossiya birinchi divizioniga koʻtarilgan. 2009-yilgi mavsumda „Volga“ atigi 4-oʻrinni egalladi. Bir yildan soʻng „Volga“ Rossiya Premer-ligasiga yoʻl oldi va Tursunov ligada 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma bilan Birinchi divizionning eng yaxshi assistentlaridan biriga aylandi. 2010-yilgi mavsumda Sanjar Tursunov „Volga“ tarkibida 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Alaniya Vladikavkaz



2011-yil 31-dekabrda u Vladikavkazning Alaniya shahriga koʻchib oʻtdi va 3,5 yillik shartnoma imzoladi.

Lokomotiv Toshkent



2013-yilning 21-fevralida Tursunov Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

2013-yilning iyulidan beri u „Gazovik“ (Orenburg) jamoasi oʻyinchisiga aylandi.

2013/14-yil qishida u erkin agent sifatida Poltavaning Vorskla klubiga oʻtdi. 2016-yilning 25-yanvarida Qatarning „Umm Salal“ klubidan jiddiy taklif olgan  „Vorskla“ni tark etdi. 2016-yilning avgustida u Vorsklaga qaytdi.

Milliy terma jamoa



U O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 25-dekabrida Bahraynga qarshi o‘yinda o‘tkazgan, 2011-yilning 15-noyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘yinda terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

2011-yilgi Osiyo Kubogida u terma jamoasi tarkibida barcha 6 ta oʻyinda maydonga tushgan. O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egalladi. 2015-yilgi navbatdagi Osiyo Kubogida u barcha toʻrtta uchrashuvda qatnashdi.

Yutuqlari



Klubda



Volga

AGMK

Xalqaro




Shaxsiy yutuqlari




Terma jamoadagi gollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz