Sanjar Shoahmedov




Sanjar Shoahmedov (1990-yil, 23-sentyabr) Toshkent shahrining Shayhontohur tumanida tug'ilgan futbolchi. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Terengganu klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi

Klubdagi faoliyati



Olmaliq (2008–2014)
Oliy ligadagi 1-klubi Olmaliq. Undan oldin Gennadiy Denisov rahbarligidagi Chig'atoy futbol maktabida shugʻullangan. U -Olmaliqq 2008-yilda qoʻshilgan. Zahira futbolchisi sifatida 2 yil faoliyat koʻrsatdi. 2010-yildan bpshlab asosiy tarkib futbolchisi boʻlib o'ynashni boshlagan. Olmaliqda 98 oʻyinda oʻynab, 11ta gol urgan. Uning Oliy ligadagi ilk goli 2011-yil So'g'diyona klubiga kiritilgan.

Lokomotiv (2015–2017)
U 2014–2015-yilgi Oliy liga mavsumida 21 oʻyinda oʻynadi va 11ta gol urib 2 marta sariq kartochka oldi. Lokomotivda mavsum tugamasidan 11ta gol urgan, Olmaliqda esa 4 mavsumda bu natijaga erishdi. Lokomotivda 22-raqamli futbolkada oʻynagan.

Al-Sailiya (2017)
Sanjar 2017-yilning 16-yanvarida Al-Sailiya klubi bilan 500 ming yevro evaziga shartnoma imzolagan. klubdagi ilk o‘yinini 2017-yilning 20-yanvarida Stars Leagueda Umm Salalga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan. Debyut golini esa 2017-yil 2-fevralda El-Jaishga qarshi urgan(1:1).

Lokomotiv (2017–2019)
Sanjar 2017-yilning 7-avgustida 300 ming yevro evaziga Lokomotivga qaytgan. 2017-yilning 12-avgustida O‘zbekiston Superligasi doirasida So‘g‘diyonaga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. 2017-yil 29-sentyabrda mavsumdagi ilk golini Obod FK ga urgan(3:1).

Terengganu (2019–2020)
Sanjar 2019-yil 4-yanvarda Terengganu FK bilan shartnoma imzoladi. U 2019-yil 1-fevralda PKNS FCga qarshi debyut qildi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

AGMK (2020–2021)
Sanjar 2020–2021-yilgi mavsumda AGMKda oʻynadi.

Terma jamoadagi faoliyati



Sanjar JCH-2018 saralash bosqichi uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgandi. 8 ta uchrashuvdan 7 tasida zaxirada qoldi. Yamanga qarshi o'yinda tarkibga kiritilmagandi.

Shaxsiy hayoti



To'rt o'g'il va bir qizning eng kenja oʻgʻil farzandi. Uchta akasi bor. Oilasida jami 7 kishi. 1988-yil tugʻilgan akasi Sarvar Shoahmedov Lokomotivning futzal klubida toʻynaydi. Qolgan akalari futboldan yiroq. Kichik akasi bilan yoshligidan sensirab gaplashadi. Yoqtirgan futbolchisi Xavi. 2017-yil "Taslim boʻlma, Siroj" aksiyasida faollik koʻrsatgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz