Sanjar Saʼdullayev




Sanjar Saʼdullayev (10-iyul, 1954-yil, Toshkent — 4-dekabr, 2021-yil, Toshkent) — taniqli oʻzbek dublyaj aktyori, „Yoshlar“ telekanalida rejissyori. Muxlislar orasida „sirli aktyor“ nomi bilan tanilgan. Sababi, u ayrim sanʼat sohasidagi insonlardan farqli ravishda, intervyu bermagan, kameralar qarshisiga chiqmagan va oʻzini ommadan uzoq tutishga harakat qilgan.

Biografiyasi



Sanjar Saʼdullayev 1954-yil, 10-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat teatr va saʼnat institutining drama va kino aktyorligi boʻyicha taʼlim olgan.

Umri davomida 1000 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. Xususan, „Qish sonatasi“ (Junsang), „Qashqirlar makoni“ (Poʻlat Alamdar), „Soʻyla, Qoradengiz“ (Vedad), „Sevgi iztirobi“ (Kamol), „Ichkarida“ (Komissar Yusuf, Sarp, Hasan qizil yonoq), „Devor“, „Ishkomli uy“, „Esmeralda“, „Ishq rishtasi“ „Vira va Zara“ kabi kino va seriallardagi bosh qahramonlar obrazini gavdalantirgan.

Qolaversa, u doimiy ravishda hindistonlik aktyor Shah Rukh Khanga ovoz berib kelgan.

Muxlislari Saʼdullayevni nafaqat filmlar dublyajidagi ovozi balki, monolog va sheʼrlar oʻqishi orqali ham yaxshi bilishadi. Shuningdek, Saʼdullayev faoliyati davomida bir muddat „Yoshlar“ telekanalida ham rejissyor sifatida faoliyat yuritgan

Vafoti



Saʼdullayev 2021-yil, 4-dekabr kuni Toshkent kasalxonalaridan birida, tongda vafot etdi. Janoza „Minor“ masjidida oʻqilishi aytilingandi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz