Sanjar Qodirqulov
Sanjar Qodirqulov (1997-yil 27-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Lokomativ“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi.
Faoliyati
Ilk yillari
Sanjar Qodirqulov — Bunyodkor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2016-yilgi mavsumgacha Sanjar Qodirqulov Bunyodkor 2 klubi tarkibida harakat qilgan.
Bunyodkor safida
2016-yil 1-yanvar kuni Sanjar Qodirqulov Bunyodkor 2 jamoasidan Bunyodkorning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Sanjar Qodirqulov Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 1 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 34 daqiqa maydonda toʻp suradi.
Metallurg safida
2017-yil 1-fevralda Sanjar Qodirqulov Metallurg safiga ijaraga berib yuborildi. Sanjar Qodirqulov Metallurg safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 27 ta oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.440 daqiqa maydonda toʻp suradi.
2018-yilgi mavsum
2018-yil 1-yanvarda Sanjar Qodirqulov Metallurg jamoasidan Bunyodkor jamoasiga qaytdi. 2018-yilgi mavsumda Bunyodkor safida 13 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 517 daqiqa maydonda toʻp suradi.
2019-yilgi mavsum
Sanjar Qodirqulov 2019-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 26 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 2 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 2.196 daqiqa maydonda toʻp suradi.
2020-yilgi mavsum
Sanjar Qodirqulov 2020-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 25 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 2.098 daqiqa maydonda toʻp suradi.
Lokomativ safida
2021-yil 11-yanvarda Sanjar Qodirqulov Bunyodkor jamoasidan Lokomativ jamoasiga transfer qilindi. 2021-yilgi mavsumda Lokomativ safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 2 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.649 daqiqa maydonda toʻp suradi.
2022-yilgi mavsum
2022-yil 9-fevral 2021-yilgi mavsumning so‘nggi qismida olgan jarohatini davolab, safga qaytdi. Sanjar Qodirqulov 2022-yilgi mavsumda Lokomativ safida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.276 daqiqa maydonda toʻp suradi.
Terma jamoadagi faoliyati
Sanjar Qodirqulov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifalaridagi terma jamoalarida oʻynagan. Jumladan, Oʻzbekiston U17, Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20, Oʻzbekiston U21, Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoalarida. Sanjar Qodirqulov umumiy hisobda hozirgacha terma jamoalari safida 40 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi. Oʻzbekiston U21 safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tojikiston U21 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston U23 safida ilk bor 2018-yil 27-aprelda Shimoliy Koreya U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2019-yil 10-oktabrda Yaman terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va gol kiritdi. 2022-yil yanvar oyi FIFA kunlari uchun O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati eʼlon qilindi.
Manbalar
uz.wikipedia.org