Sanjar Asqaraliyev




Sanjar Usmonovich Asqaraliyev (1981-yil 20-yanvar, Namangan, Oʻzbekiston SSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi, pozitsiyasi boʻyicha yarim himoyachi. „Neftchi“ va „Navbahor“ jamoalari safida Oʻzbekiston musoboqalarida muvaffaqiyatli harakat qilgan futbolchi.

Futbolchilik faoliyati



Sanjar Namangan futboli maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va shu bilan birga taniqli murabbiy Usmon Asqaraliyevning oʻgli hamdir. U faoliyatini „Navbahor“ jamoasi safidagi dastlabki yillarida hujumchi sifatida harkat qilgan. „Lochinlar“ safida 3 mavsum davomida toʻp surgan Asqaraliyev jamoaning ajralmas futbolchilardan biriga aylandi 2003-yilda oʻz jamoasini oʻzgartirishni istab, mavsum boshida Vodiyning boshqa bir klubi, Andijonning „Andijon“ jamoasi safiga oʻtdi. Andijonliklar safida bir mavsum davomida toʻp surib, 2004-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yarim yil davomida madanchilar safida toʻp usrgan xolda, 2004-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasi vaqtida Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi „Neftchi“ klubi tarkibida 6 mavsum davomida toʻp surdi va jamoaning asosiy futbolchilardan biriga aylandi. Uning oʻyin uslubidagi yorqinlik „Neftchi“ jamoasi tarkibida koʻrindi. Fargʻonaliklar birgalikda bir necha bor Oʻzbekiston Oliy ligasi sovrindoriga aylandi va Osiyo chempionlar ligasida munosib harakat qildi. 2011—2013-yillar oraligʻida Neftchi va Navbahor jamoalari orasida bir necha bor klubi almashtirdi. 2014-yilg yozgi transfer oynasi vaqtida Buxoro jamoasi bilan shartnoma imzoaldi. 2015-yilgi mavsumda „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilgi mavsumda „Navbahor“ jamoasi safida oʻtkazdi. 2017-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2018-yilgi mavsum oldidan futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.

Murabbiylik faoliyati



Futbolchilik faoliyatidan soʻng „Navbahor-Umid“ akademiyasi murabbiyi keyinchalik direktoriga etib tayinlandi.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz