Sanjō (Niigata)
Sanjō (yaponcha: 三条市 Sanjō-shi?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra shaharda 36.201 xonadon va unda 95.706 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 222 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 431,97 kvadrat kilometr (166,78 mi²) ga teng.
Geografiyasi
Sanjo shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining ichki mintaqasida joylashgan. Tokiodan Jōetsu Shinkansen yoʻnalishi orqali taxminan 2 soat yoki Kan-Etsu va Hokuriku ekspress yoʻlida 4 soat yoʻl masofada oʻrnashgan. Shinano daryosi janubiy-gʻarbiy tomondan shimolga tomon oqib oʻtadi. Ikarashi-gava daryosi esa shahar hududning markazidan oqib oʻtadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Iqlimi
Sanjo nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sanjoda oʻrtacha yillik harorat 13.6 °C (56.5 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,056.3 mm (80.96 in) boʻlib, eng seyogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26.2 °C (79.2 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 2.0 °C (35.6 °F) atrofida boʻladi.
Demografiyasi
Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Sanjo aholisi soni 1985-yilda eng yuqori choʻqqiga yetgan va oʻshandan beri doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Tarixi
Hozirgi Sanjo hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida bu hudud 1598-yildan 1651-yilgacha Tokugava syogunatligi ostidagi feodal domeni boʻ;ish Sanjo domenining bir qismi boʻlgan. Keyinchalik u Nagaoka domenlari, Murakami domenlari va toʻgʻridan-toʻgʻri syogunat tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi oʻrtasida boʻlib olingan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Niigata Minamikanbara tumanining bir qismi sifatida tashkil etildi. Sanjo shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1934-yil 1-yanvarda u shahar maqomiga koʻtarildi. Kuchli yomgʻir 1961 va 2004-yillarda katta toshqinlarga sabab boʻlgan. 2005-yil 1-mayda Sakae shahri va Shitada qishlogʻi (ikkalasi Minamikanbara tumanidan) Sanjoga birlashtirildi.
Hukumat
Sanjo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. 2020-yil 8-noyabrda advokat Ryo Takizava Sanjoning navbatdagi meri etib saylangan.
Iqtisodiyoti
Sanjo anʼanaviy ravishda temir hunarmandchiligi, xususan pichoq va qaychi ishlab chiqarishi bilan mashhur. Quyidagi korxonalarning shtab-kvartirasi Sanjoda joylashgan.
Shuningdek, u oktyabr oyida yiliga bir marta mahalliy zavodlar festivali oʻtkaziladigan munitsipalitetlardan biri hisoblanadi (Kouba no Saiten).
Taʼlim tizimi
Sanjoda 25 ta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi mavjud va prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl
JR Sharqiy yoʻnalish — Joetsu Shinkansen
JR Sharqiy liniyasi — Shin'etsu magistral liniyasi
JR Sharqiy yoʻnalish — Yahiko liniyasi
Magistral yoʻl
Qardosh shaharlar bilan munosabati
Sanjoning taniqli odamlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org