Sandy Abi-Elias
Sandy Patricia Abi-Elias (1997-yil 10-mayda tugʻilgan) — hujumchi sifatida oʻynagan angliyalik sobiq futbolchi.
Abi-Elias Angliyaning turli yoshlar klublarida, xususan, „Arsenal“ va „Chelsea“ jamoalarida oʻynagan. U 2014-yilda Watfordda birinchi oʻyinini oʻtkazganidan soʻng Bristol akademiyasi, Svindon Taun va Keynsham Taun kabi jamoalarda ham faoliyat yuritgan.
Abi-Elias Angliyada tugʻilgan boʻlib, asli kelib chiqishi livanlik edi. U 2018-yilda Livan terma jamoasida xalqaro faoliyatini boshlagan.
Jamoalardagi faoliyati
Yoshlar jamoasi
Abi-Elias oʻzining dastlabki faoliyatini 2007-yilda „Fulham“ da boshlagan va 2011-yilda OFK Wimbledon jamoasiga oʻtgan. Bir yildan soʻng, Abi-Elias „Arsenal“ jamoasiga oʻtadi va 2012—2013-yilgi mavsumda ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogida gʻolib chiqadi. Arsenal jamoasida yana bir yil qolganidan soʻng, 2013-yilga kelib Abi-Elias „Chelsea“ jamoasiga oʻtib ketadi.
Kattalar jamoasi
2014-yilda Abi-Elias oʻzining kattalar jamoasidagi faoliyatini „Watford“da boshlaydi va 2014—2015-yilgi mavsumida oʻynaydi. 2015-yilda u Bristol akademiyasiga, 2016-yilda esa Svindon Taun jamoasiga koʻchib oʻtadi. Klubdagi 1 ta mavsumidan soʻng, Abi-Elias Keynsham Taunga jamoasiga oʻtadi va u yerda 2017—2018-yilgi mavsumda oʻynaydi.
Xalqaro faoliyati
Abi-Elias 2018-yilning 28-noyabrida Livan terma jamoasi safida Eronga qarshi OFK ayollar olimpiya saralash bahsida birinchi oʻyinini oʻtkazadi va bu oʻyinda Livan 0:8 hisobida yutqazadi.
Shaxsiy hayoti
Angliyaning Islevort shahrida tugʻilgan Abi-Elias 2007—2013-yillarda Londonning Teddington shahridagi Teddington maktabida tahsil olgan. 2011-yilda, 9-sinfda Abi-Elias yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topiladi. 2013 va 2015-yillar orasida Abi-Elias kollejning ayollar futbol akademiyasida oʻynab, Kingston kollejida BTEC Level 3 Sport and Exercise boʻyicha tahsil oladi. 2015-yilda Abi-Elias Bath universitetida sport va ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasida tahsil olgan.
Yutuqlari
Arsenal Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org