Sandra (qoʻshiqchi)




Sandra Ann Lauer (1962-yil 18-mayda tugʻilgan) — Sandra (nemischa talaffuzi: [ˈzandʁa]) taxallusi bilan mashhur nemis pop-xonandasi. Turmush oʻrtogi va musiqiy hamkori Michael Cretu uning eng mashhur „(I’ll Never Be) Maria Magdalena“ (1985), „In the Heat of the Night“ (1985), „Everlasting Love“ (1987), „Secret Land“ (1988), „Hiroshima“ (1990) and „Donʼt Be Aggressive“ (1992) qoʻshiqlarining prodyuseri. Uning Into a Secret Land (1988) va Close to Seven (1992) albomlari Sandraning tanqidiy eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Yakkaxon karyerasini boshlashdan oldin Sandra Yaponiya va Sovet Ittifoqida juda koʻp muxlislarga ega boʻlgan Arabesque triosining bosh qoʻshiqchisi edi. Bundan tashqari, 1990 va 2001-yillar orasida u Shimoliy Amerika va Buyuk Britaniyada eng yaxshi 10 ta hitga ega boʻlgan juda muvaffaqiyatli Enigma musiqiy loyihasining albom relizlarida ishtirok etdi. Mashhurlik choʻqqisida u hatto dunyoning bir qator mamlakatlarida Madonnadan koʻproq disk sotishga muvaffaq boʻldi. Butun dunyo boʻylab 33 milliondan ortiq disk sotilishi bilan Sandra oʻzining eng muvaffaqiyatli nemis ayol pop-xonandasi sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi.

Shaxsiy hayoti



Sandra va Michael Cretu 1988-yil 7-yanvarda turmush qurishdi. 1995-yilning iyul oyida egizak oʻgʻil farzand koʻrishdi. Ular 2007-yilning noyabrida „shaxsiy va kasbiy kelishmovchilik“ sabab ajrashishdi.

Kretu 2009-yilning may oyidan beri Germaniyada yashaydi. Sandra 2010-yilda musiqa prodyuseri Olaf Mengesga turmushga chiqdi 2014-yilda ular ajrashishdi.

Diskografiyasi




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz