San-diyego




San-diyego - AQShdagi shahar, Kaliforniya shtatida, Meksika chegarasiga yaqin. Aholisi 1,22 mln. kishi (2000). Tinch okean sohilidagi port.

Transport yoʻllari tuguni. Sitrus mevalar yetishtiriladigan rayonning savdo markazi. Kosmik uchish apparatlari ishlab chiqariladi. Radioelektronika (jumladan, EHM va harbiy sanoat uchun jihozlar i.ch.), kemasozlik, priborsozlik, metallsozlik, kimyo, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. universitet, hayvonot bogʻi, delfinariy, muzeylar, akvarium, konservatoriya, rasadxona, kutubxonalar bor. Iklim kurorti. Shaharga 1769-yilda asos solingan. AQShning Tinch okean sohilidagi harbiy bazasi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz