Sandeep Unnikrishnan




Sandeep Unnikrishnan (1977-yil 15-mart – 2008-yil 28-noyabr) Hindiston armiyasi ofitseri boʻlib, Milliy xavfsizlik gvardiyasining 51-maxsus guruhida xizmat qilgan. U 2008-yil noyabrida Mumbaydagi hujumlar paytida halok boʻlgan. Mayor koʻrsatgan jasorati uchun 2009-yil 26-yanvarda – Ashoka Chakra mukofoti bilan taqdirlandi.

Sandeep Unnikrishnan Bangalorda malayali oilasida dunyoga kelgan. Ular Kerala shtatining Kojikode shahridan koʻchib kelgan. U isteʼfodagi ISRO zobiti K. Unnikrishnan va Dhanalakshmi Unnikrishnanning yolg'iz farzandi bo'lgan.

Sandeep Bangalorda Frank Antoni jamoat maktabida tahsil olgan, 1995-yilda ISC Science fakultetini tamomlagan. U bolaligidanoq qurolli kuchlar qoʻshinida hizmat qilishni orzu qilgan. Turmush oʻrtogʻining ismi Nexa boʻlgan.

Harbiy unvoni



1999-yil 12-iyunda u IMA akademiyasini tugatadi va Hindiston armiyasi Bihar polkining 7-batalyonida leytenant lavozimiga tayinlanadi.

Qora Tornado operatsiyasi



2008-yil 26-noyabrga oʻtar kechasi Janubiy Mumbaydagi bir nechta binolarga hujum uyushtirildi. Garovga olinganlar saqlangan binolardan biri 100 yillik tarixga ega Toj Mahal mehmonxonasi edi. Mayor Sandeep Unnikrishnan garovga olinganlarni qutqarish uchun mehmonxonaga joylashtirilgan 51-maxsus guruhining qoʻmondoni edi. U 10 nafar askarlari bilan mehmonxonaga kirib, zinapoya orqali oltinchi qavatga yetib keldi. Oltinchi va beshinchi qavatlardagi garovga olinganlar evakuatsiya qilindi. Unnikrishnan va uning jamoasi taxminan 15 soat davomida mehmonxonadan garovga olinganlarni evakuatsiya qilishni davom ettirdi. 27-noyabr kuni yarim tunda Mayor Sandeep Unnikrishnan va uning jamoasi mehmonxonaning markaziy zinapoyasi orqali yuqoriga koʻtarilishga qaror qilishdi, chunki bu ularning garovga olinganlar va terrorchilarga olib boradigan yagona yoʻli edi. U keyingi qavatga qochishga urinayotgan terrorchilarni yolgʻiz oʻzi yengishga qaror qildi. Keyingi toʻqnashuvda u toʻrt nafar terroristni Toj Mahal mehmonxonasining shimoliy chekkasidagi Ball zalida otib tashlaydi, lekin bu yoʻlda oʻz hayotini qurbon qildi.

Ashoka Chakra mukofotining rasmiy iqtibosida shunday deyilgan:

IC-58660 MAJOR SANDEEP UNNIKRISHNAN BIHAR REGIMENT/51 SPECIAL ACTION GROUP (POSTHUMOUS)
Major Sandeep Unnikrishnan led the commando operation launched on 27th November 2008 to flush out terrorists from Hotel Taj Mahal, Mumbai in which he rescued 14 hostages.During the operation, his team came under intense hostile fire, in which one of his team members got grievously injured. Major Sandeep pinned down the terrorists with accurate fire and rescued the injured commando to safety. In the process, he was shot in his right arm. Despite his injuries, he continued to fight the terrorists till his last breath.Major Sandeep Unnikrishnan displayed most conspicuous bravery besides camaraderie and leadership of the highest order and made the supreme sacrifice for the nation.[19]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz