Sancharak tumani
Sancharak tumani (forscha: سانچارک) yoki
Sangcharak — Afgʻonistonning Saripul viloyatiga qarashli tuman. Uning markazi Tukzar yoki Tokzar shahri. Sancharak tumani sharqda Balx viloyati bilan chegaradosh. Sancharak tumanining maydoni 1089 km².
Aholi
Sancharak tumani aholisi 2010-yilda 87670 nafar boʻlib, taxminan 44287 erkak va 43383 ayol ni tashkil qilgan.
Tarixi
1980-yillarda turkiy millatchi Pahlavon Gʻaffor tumanda 2000 kishilik zahiradagi harbiyga rahbarlik qilgan.
Iqtisodiyot
Qishloq xoʻjaligi tumandagi oilalarning toʻrtdan uch qismi uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Sancharak tumanida yetishtiriladigan asosiy dala ekinlari bugʻdoy, makkajoʻxori, beda, arpa va zigʻirdir. Bogʻda yetishtiriladigan ekinlarning eng keng tarqalganlari uzum (75%), mevali daraxtlar, bodom, yongʻoq (16%) va sabzavotlardir (3%).
Taʼlim
Sancharak tumanida umumiy savodxonlik darajasi 12% ni tashkil etadi. Erkaklarning deyarli har beshtadan bittasi (18%) savodli boʻlsa, bu koʻrsatkich ayollarda har yigirmadan biriga (6%) toʻgʻri keladi. 15 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan aholi orasida savodxonlik darajasi erkaklarda 17,7% boʻlsa, ayollarda (4,8%) biroz pastroq. 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻrtacha 29 foizi maktabda taʼlim oladi. Ushbu koʻrsatkich oʻgʻil bolalarning uchdan bir qismi (30 foiz) va qizlarning oltidan bir qismi (15 foiz) ga toʻgʻri keladi.
Transport infratuzilmasi
Sancharakda transport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan, tumandagi yoʻllarning atigi 18,2 foizi avtotransportlar qatnovi uchun barcha mavsumlarda qulay, uchdan ikki qismi (65 foiz) esa ayrim fasllarda avtotransport qatnovi uchun talabga javob bermaydi. Viloyatning oltidan bir qismida (16,8 foiz) avtoyoʻllar umuman yoʻq.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org