Sana Khan




Sana Khan - hindistonlik sobiq aktrisa, model va raqqosa. U asosan hind, tamil va telugu tillaridagi filmlarda ishlagan.

Sana Khan oʻz karyerasini modellikdan boshlagan va reklamalar, badiiy filmlar va telekoʻrsatuvlarda ishtirok etgan. U 5 tilda 14 ta filmda rol oʻynagan va 50 dan ortiq reklama roliklarida suratga tushgan. Sana Khan 2012-yilda Bigg Boss 6 realiti-shousida ishtirok etgan va finalchi boʻlgan.

Yoshlik yillari



Sana Khan Mumbayda (Dxaravi) tugʻilib oʻsgan. Uning otasi Kerala shtatining Kannur shahridan malayali musulmon, onasi Saida esa Mumbaylik.

Faoliyati



Filmlari



Sana Khan 2005-yilgi kam budjetli „Yehi Xay High Society“ hind filmida aktyorlik debyutini qilgan. Keyinchalik u televideniyedagi reklama roliklarida koʻrinishni boshladi.

Sana Khanning debyut tamil tilli filmi "Silambattam" filmi boʻlib, Lakshmi Movie Makers tomonidan ishlab chiqarilgan 2008-yil dekabr oyida sahna yuzini koʻrgan edi. Filmning bosh aktyori Silambarasan edi. Avvalroq Sana Khan „Kettavan“ filmidagi roli uchun shartnoma imzolagan. Shah Rukh Khan bilan reklamasini koʻrganidan keyin uni Silambattam filmidagi ayol bosh rolga chaqirishgan. U The Hindu nashriga bergan intervyusida shunday dedi: „Silambarasan Mumbayga Silambattam filmi uchun yangi yuz izlab keldi. U yerda u meni koʻrdi va meni tanladi. Men tamil kino sanoatida katta muvaffaqiyatga erishish uchun koʻp mehnat qilishim kerakligini bilardim. Xon filmni oʻzi uchun juda muhim deb bildi. U oʻzining, oʻziga xos brahman qishloq qizi Janu obrazi uchun maqtovga sazovor boʻldi va 2009-yilda Singapurda ITFAning eng yaxshi yangi aktrisa mukofotiga sazovor boʻldi.

2010-yil mart oyida uning navbatdagi tamilcha filmi „Thambikku Indha Ooru“da rol oʻynbab chiqdi. Oʻsha yilning oxirida Khan telugu kino sanoatiga kirib, Nandamuri Kalyan Ramning 2010-yil noyabr oyida chiqqan Kalyanram Kathi filmida suratga tushdi. Xonning navbatdagi ijodi 2011-yil fevral oyida ikki tilli "Gaganam / Payanam" triller filmidagi roli edi. Ushbu film mos ravishda telugu va tamil tillarida suratga olingan. Uning syujeti bu samolyotni oʻgʻirlash mavzusiga asoslangan edi.

2011-yil may oyida Khan Golden Movies „Kool.. Sakkat Hot Maga“da rol oʻynash bilan kannada filmlariga qadam qoʻydi. 2011-yil sentabrida uning navbatdagi tamil filmi "Aayiram Vilakku"da rol oʻynab chiqdi. Filmda u Madurai qizini oʻynadi. 2012-yil mart oyida telugu tilidagi Janob Nookayya filmida Khan ofitsiant rolini oʻynab, filmga joziba qoʻshdi. Khan oʻzining malayalam tilidagi debyuti „Climax“(2013-yilgi film) hind filmida („The Dirty Picture“ kompaniyasi ishlab chiqqan) janubiy hind aktrisasi Silk Smithani oʻynagan. Khan shuningdek, Blue Ocean Pictures kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, uning oltinchi roli hisoblangan, tamil filmi „Talayvan“da ham rol oʻynadi.

Khan Bollivudning 2014-yil 24-yanvarda chiqqan „Jai Ho“ filmida asosiy antagonist Danny Denzongpaning qizi rolini oʻynaydi. U Sharman Joshi va Gurmeet Choudhary bilan birgalikda Wajah Tum Ho filmida suratga tushdi. Film Hindistonning kino kassalarida muvaffaqiyatsiz boʻldi. Uning filmdagi Gurmeet va Rajneesh Duggal bilan boʻlgan sahnalari YouTubeda treyler sifatida chiqqandan keyin koʻp muhokama qilindi. Khan „Toilet: Ek Prem Katha“ filmida Akshay Kumarning qiz doʻsti rolini ijro etgan. Uning boʻlajak filmi „Tom, Dick and Harry 2“ boʻlib, unda Aftab Shivdasani va Sharman Joshi bilan birga rol ijro etgadi.

Televizion reklamalarda



Khan 50 dan ortiq reklama filmlarida rol oʻynagan, jumladan 2007-yil iyul oyida Shirish Kunder rejissori boʻlgan kosmetik reklamada ham rol oʻynagan. U shuningdek, Secret Temptationning dezodorant brendi, Yatra.com va Xbox 360 videooʻyin konsoli uchun reklamalarda qatnashgan.

2007-yil mart oyida Khanning Amul Macho brendi uchun televideniye reklamasida qatnashdi. Bu katta bahs-munozaralarga sabab boʻldi va Hindiston hukumati tomonidan shahvoniy deb topilib taqiqlangan. Khan shunday dedi: „taqiqni va odamlar menga qarshi norozilik uyushtirishi va Mumbayda mening plakatlarimni yoqib yuborishni unuting. Oxir-oqibat, ijodiy sohadagi odamlar ishimni yaxshi koʻrishdi“. Kompaniya Khanni qayta ishga oldi, reklamalarning boshqa mavzudagi davomini suratga oldi va uni 2008-yilning fevralida chiqardi.

Bigg Boss shousi



2012-yil oktabr oyida Khan Big Brother, Bigg Boss realiti shousining hind versiyasining oltinchi mavsumida taniqli ishtirokchi edi. Shouga kirishdan oldin u shunday dedi: „dunyoga haqiqiy oʻzimni koʻrsatishni xohlayman“. U shou orqali juda mashhur boʻldi va uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, oxirigacha shouda qolishga muvaffaq boʻldi. U PTIga shunday dedi: „Men kuchli uchlikka kirganimdan xursandman. Men buni kutmagan edim“.

Shaxsiy hayoti



2019-yil fevral oyida Khan xoreograf Melvin Louis bilan yaqin munosabatda ekanligini tasdiqladi. Ular 2020-yilning fevral oyidan ajralishgan.

2020-yil 8-oktabrda Khan Instagram akkauntida koʻngilochar industriyani tark etayotgani va „insoniyatga xizmat qilishini“ aytgan xabarni joylashtirdi.

2020-yil 21-noyabrda Khan Suratda islom olimi Mufti Anas Sayiedga turmushga chiqdi.

Filmografiyasi




Filmlari




Televideniye




Veb-seriyallari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz