Sana Javed




Sana Javed (1993-yil 25-martda tugʻilgan) — urdu tilidagi filmlarda suratga tushuvchi pokistonlik aktrisa. U aktyorlik faoliyatini mashhur " Shehr-e-Zaat „ (2012) teleserialidagi kichik rol bilan boshlagan.

Hayoti va faoliyati



Javed 1993-yil 25-martda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan. Uning oilasi asli pokistonlik boʻlib ota-onasi Haydarobod Dekan shahridan boʻlgan. Jiddadagi Pokiston xalqaro maktabini va kollejni tugatgandan soʻng u oilasi bilan Karachiga koʻchib oʻtgan va keyinchalik Karachi universitetini tamomlagan.

Javed oʻz karerasini model sifatida televizion reklama roliklarida suratga tushish bilan boshlagan. 2012-yilda " Mera Pehla Pyar " va Shehr-e-Zaatda seriallarida kichik rol oʻynagan. U 2016-yilda Zohid Ahmad va Yumna Zaidi bilan Hum TV telekanalida efirga uzatilgan " Zara Yaad Kar „ romantik dramasidagi Mahnoor roli bilan mashhurlikka erishgan. Oʻsha yili u Bilol Ashraf bilan birga Rangreza filmida bosh rolni oʻynashini eʼlon qilgandi biroq keyin baʼzi sabablarga koʻra rolni rad etdi. Keyinchalik u 2017-yilda „Khaani“ romantik dramasida Xaani rolini ijro etgani uchun jamoatchilikning eʼtirofi va maqtoviga sazovor boʻlgan. 2020-yilda Javed Ramazon oyi uchun tayyorlangan maxsus realiti-shou boʻlib oʻtadigan Jeeto Pokiston ligasida Islomobod Dragons jamoasi sardori etib tayinlangan. 2020-yil oktabr oyida u Karachidagi xususiy uyida xonanda Umair Jasvalga turmushga chiqdi. Oʻsha yilning oxirida u „ Dunk „ serialida Amal Faraz rolini ijro etgan. Serial oʻzining mavzusi uchun koʻpchilikning salbiy fikrlariga uchragan lekin, Sana Javedning aktyorlik mahorati maqtovga loyiq deb topilgan.

Filmografiyasi



Telefilm




Televideniye




Telefilm




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz