San Fransisko (daryo)
São Francisco yoki
Rio São Francisco (portugalcha: Rio São Francisco) — Braziliyadagi daryo. Ushbu daryo Braziliya yassitogʻligidan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Uzunligi 2 914 km, havzasining maydoni esa 600 ming km². Quyi oqimida ostona va sharsharalar hosil qilgan. Oʻrtacha suv sarfi 3300 m³/soniya. Noyabr va may oylarida suvi koʻpayadi. Yuqori oqimida yirik suv omborlari, Paulu Afonsu sharsharasida GESlar qurilgan. Quyi oqimida kema qatnaydi.
Manbalar
Havolalar
Koordinatalari: 13°10′33″S 43°25′05″W / 13.17577°S 43.41797°W / -13.17577; -43.41797 G O
uz.wikipedia.org