Samuel Gallagher
Samuel James Gallagher (talaffuzi: Samuyel Jeyms Gallager) (1995-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Samuel Gallagher „Blackburn Rovers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dastlab „Plymouth Argyle“ futbol klubining yoshlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan Gallagher 2012-yilda „Southampton“ klubi safiga qoʻshildi va 2013—2014-yilgi mavsum boshida asosiy jamoaga chaqiruv oldi. U 2017—2018-yilgi mavsumni EFL chempionati vakili „Birmingham City“ futbol klubida ijarada oʻtkazdi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Gallagher Angliyaning Crediton shahrida tugʻilgan va dastlab „Plymouth Argyle“ futbol klubining yoshlar akademiyasida oʻynagan.
Southampton
2012-yil aprel oyida Samuel Gallagher „Southampton“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Hujumchi 2013-yilning 6-noyabrida Liga kubogi doirasida „Sunderland“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Southampton“ klubining asosiy jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Keyinchalik Samuel Gallagher dekabr oyida boʻlib oʻtgan Angliya yoshlar kubogida doirasidagi „Portsmouth“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (7:0 hisobida gʻalaba) xet-trik qayd etdi. 2014-yilning 10-mayida Gallagher klub bilan shartnomasi muddatini 2018-yil yozigacha uzaytirildi.
„Blackburn Rovers“ futbol klubi bilan muvaffaqiyatli ijara mavsumini oʻtkazganidan soʻng Gallagher 2017-yilning 1-iyulida „Southampton“ futbol klubi bilan yangi yaxshilangan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Milton Keynes Dons (ijara) 2015-yil 29-iyulda Samuel Gallagher Chempionat vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi. Gallagher 8-avgust kuni „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „MK Dons“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. 2016-yilning 6-yanvarida 15 ta oʻyinda gol ura olmagani uchun „Southampton“ klubi Samuel Gallagherni chaqirib oldi.
Blackburn Rovers (ijara) 2016-yilning 11-avgustida Gallagher Chempionat vakili „Blackburn Rovers“ klubi jamoasiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Samuel Gallagher 20-avgust kuni „Burton Albion“ futbol klubi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda „Blackburn“ klubi uchun birinchi golini kiritdi. 20-oktyabr kuni „Blackburn“ klubining menejeri Owen Coyle toʻqqizta asosiy oʻyinda beshta gol urgan Gallagher bilan doimiy shartnoma imzolash istagini bildirdi. U mavsumni 47 uchrashuvda 12 ta gol bilan yakunladi.
Birmingham City (ijara) Gallagher 2017-yilning 21-avgustida 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijara asosida boshqa chempionat vakili „Birmingham City“ futbol klubiga qoʻshildi. Samuel Gallagher 26-avgust kuni „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan „Birmingham“ klubida yolgʻiz hujumchi sifatida oʻynadi.
Blackburn Rovers
2019-yil 13-iyulda Gallagher nomaʼlum toʻlov evaziga „Blackburn Rovers“ futbol klubi ssafiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org