Samuel Chukwueze




Samuel Chimerenka Chukwueze (talaffuzi: Samuel Chimerenka Chukvueze; 1999-yil 22-mayda Nigeriyaning Ikvuano shahridan tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Villarreal“ klubi va Nigeriya terma jamoasi vingeri.

Klublardagi faoliyati



Chukwueze dastavval, oʻz vatanida futbol oʻynay boshlagan. Yoshligi davomida turli akademiyalarda futbol bilan shugʻullangan. 2017-yilda ispaniyaning „Villarreal“ futbol klubi skautlari uni payqab qolishgan va u klub bilan professional shartnoma imzolagan. 2018-yilning 15-aprelida u Segunda Bda „Sabadell“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yil kuzida Samuel Chukwueze Nigeriya terma jamoasi tarkibida Chilidagi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u AQSh , Chili, Xorvatiya, Avstraliya, Braziliya, Meksika va Mali jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Avstraliya va chililiklarga qarshi janglarda Samuel uchta gol urgan.

2018-yil 20-noyabr kuni Ugandaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Samuel Chukwueze Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2019-yilda Samuel Chukwueze Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Burundi, Gvineya, Tunis, Jazoir, Janubiy Afrika va Kamerun jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Janubiy afrikaliklarga qarshi kechgan bahsda Samuel terma jamoadagi ilk golini urdi.

2022-yilda Samuel Chukwueze ikkinchi marta Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Misr, Sudan va Tunis jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Sudanliklarga qarshi kechgan bahsda Samuel gol urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz