Samuel Christianson Simanjuntak




Samuel Christianson Simanjuntak (19990yil, 31-iyulda tugʻilgan) — Indoneziyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi PSM Makassar jamoasida chap qanot himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Samuel futbolchilik faoliyatini Jakarta futbol akademiyasi futbol maktabidan (JFAS) boshlagan. 12 yoshida, Samuel 2012-yilda APL klublaridan biri, Southampton FK bilan qoʻshma mashgʻulotlardan oʻtish imkoniyatiga ega boʻlgan futbolchi sifatida tanlangan. Samuel 16 yoshida Valensiyadagi Qirollik Yevropa Futbol Akademiyasiga (REFA) qoʻshildi va 2017-yilda Indoneziyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan.

Klubdagi faoliyati



Sriwijaya FK



2017-yilning 4-dekabrida Christianson Indoneziyaning Liga 1 klubi Sriwijaya bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Christianson 2018-yilning 18-iyulida Mitra Kukar klubiga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan oʻyinning, 69-daqiqada Yogi Rahadian o‘rniga maydonga tushdi.

PSS Sleman



2019-yil, 28-avgustda Christianson Sleman klubiga koʻchib oʻtdi va Indoneziyaning Liga 1 klubi PSS Sleman bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. Christianson 2019-yil, 24-sentabrda „Arema“ klubiga qarshi o‘yinda (4:0) ligadagi debyutini o‘tkazdi.

Madura United



2020-yil, 4-yanvarda Christianson Pamekasan klubiga koʻchib oʻtdi va Indoneziyaning Liga 1 klubi Madura United bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi. U Brian Ferreira va Haris Tuharea qatorida Madura United bilan shartnoma imzoladi. Ushbu mavsum 2020-yil, 27-mart kuni COVID-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan edi. 2021-yil, 20-yanvarda mavsum bekor qilingani eʼlon qilindi. 2021-yilning 3-sentyabrida Christianson ligadagi debyutini Persikabo 1973 klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Persiya Jakarta



2022-yilning yanvarida Christianson ijara shartnomasi asosida Liga 1ning Persiya Jakarta klubiga Madura United klubidan kelib qoʻshildi. U ligadagi debyutini 2022-yilning 11-yanvarida Gianyar, Kapten I Wayan Dipta stadionidaboʻlib oʻtgan Persipura Jayapura klubiga qarshi 2:1 hisobida jamoasi bilan magʻlubyatga uchragan oʻyinning 82-daqiqasida Novri Setiawan oʻrniga maydonga tushdi.

PSM Makassar



Christianson 2022-23-yilgi mavsumda Liga 1da oʻynash uchun PSM Makassar klubi bilan shartnoma imzoladi. U ligadagi debyutini 2022-yilning 10-sentyabrida Pareparedagi Gelora BJ Habibie stadionida Persebaya Surabaya klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 10-sentabr holatiga ko'ra[14]

Yutuqlari



Xalqaro



Indoneziya U-16

Indoneziya U-19

Indoneziya U-22

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz