Samsung Galaxy S23




Samsung Galaxy S23  – Galaxy S seriyasining bir qismi sifatida Samsung Electronics tomonidan ishlab chiqilgan, ishlab chiqarilgan flagman Android smartfonlari seriyasidir. Telefonlar 2023-yil 1-fevralda Galaxy Unpacked-da eʼlon qilingan va 2023-yil 17-fevralda sotuvga chiqqan.

Dizayni




Samsung Galaxy S23 va S23+ jami boʻlib olti xil: Qora, Qaymoq rang, Yashil, Binafsha rang, Grafit va Laym ranglarida mavjud. Samsung Galaxy S23 Ultra esa sakkiz xil rangda mavjud: Qora, Qaymoq rang, Yashil, Binafsha rang, Grafit, Laym, Moviy va Qizil.

Grafit, Laym, Moviy hamda Qizil ranglarini faqatgina rasmiy sayt orqali buyurtma qilish mumkin.

Texnik xususiyatlari



Chipset
Samsung Galaxy S23, S23+, S23 Ultra qurilmalarida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy-dan foydalanilgan. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy sakkiz yadroli protsessor, Adreno 740 GPU, aloqa uchun Qualcomm X70 modemini oʻz ichiga oladi. Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 for Galaxy bu Samsung uchun maxsus ishlab chiqilgan Snapdragon 8 Gen 2 ning maxsus versiyasidir. Oddiy Snapdragon versiyasi va Samsung versiyasi oʻrtasidagi farq shundaki, Samsung versiyasi 3,20 Ghz oʻrniga 3,36 Ghz chastotada ishlaydigan Cortex-X3 yadroga ega, Adreno 740 GPU esa 680 Mhz oʻrniga 719 Mhz tezlikda ishlaydi.

Displeyi
Galaxy S23 seriyasidagi barcha qurilmalar HDR10+ texnologiyasini qoʻllab quvvatlovchi „Dynamic AMOLED 2X“ displeyi bilan jihozlangan. Barcha qurilmalarda displey ichida joylashgan ultratovush barmoq izi skanerlari bor.

Kameralari

S23 va S23+ 50 megapikselli keng burchak sensoriga, 10 megapikselli telefoto sensori va 12 megapikselli ultra keng burchakli sensorga ega. S23 Ultra smartfoni esa 200 megapikselli keng burchakli sensorga, ikkita 10 megapikselli teleskopik sensorga va 12 megapikselli ultra keng burchakli sensorga ega. Smartfonlarning old tomonidagi kamera barcha modelda 12 MP sensorlardan foydalanadi.

Aloqa
Samsung Galaxy S23, S23+ va S23 Ultra smartfonlarining barchasi 5G-ni qoʻllab-quvvatlaydi. Undan tashqari qurilmada SA/NSA/Sub6, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 mavjud.

Batareyasi
S23, S23+ va S23 Ultra mos ravishda 3900 mA/soat, 4700 mA/soat va 5000 mA/soat Li-Po batareyalarga ega. S23 USB-C simli 25 Vt quvvatga ega (USB Power Delivery yordamida) zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi, S23+ va S23 Ultra esa tezroq zaryadlaydigan, quvvati 45 Vt ga teng zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Barcha uchta qurilma 15 Vt gacha quvvatga ega Qi simsiz zaryadlash bilan jihozlangan. Telefonlar shuningdek boshqa qurilmalarni „Wireless PowerShare“ deb nomlangan oʻz batareyasidan 4,5 Vtgacha quvvat bilan simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega.

Xotirasi

Galaxy S23 8 GB operativ xotira va 128 GB, 256 GB va 512 GB doimiy xotiraga, Galaxy S23+ 8 Gb tezkor xotira va 256 va 512 Gb doimiy xotiraga, Galaxy S23 Ultra 8 GB RAM yoki 12 GB RAM, 256 GB, 512 GB va 1 TB ichki xotiraga ega.

Galaxy S23 ning 128 Gb versiyasida eski UFS 3.1 xotira formati, 256 Gb va undan yuqori versiyalari esa yangiroq, tezroq va samaraliroq boʻlgan UFS 4.0 dan foydalanilgan.

Dasturiy taʼminoti



Samsung Galaxy S23 telefonlari Samsung One UI 5.1 (Android 13) da ishlaydi. Qurilma xavfsizligini oshirish uchun Samsung Knox kiritilgan va korporativ foydalanish uchun alohida versiyasi mavjud. Samsung 4 yillik asosiy Android OS yangilanishlarini va yana 1 yillik xavfsizlik yangilanishlarini, jami 5 yillik yangilanishlarni vaʼda qilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz