Samsung Galaxy S20 Ultra
Samsung Galaxy S22 Ultra — Samsung Electronics tomonidan ishlab chiqarilgan Android asosidagi smartfon. Samsung Galaxy S20 Ultra, Samsung Galaxy S20+ va Samsung Galaxy S20 smartfoni bilan birgalikda Samsung kompaniyasining San-Fransisko shahrida boʻlib oʻtgan Galaxy Unpacked 2020-yil 11-fevraldagi koʻrgazmasida namoyish etildi.
Tarix
Samsung Galaxy S20 Ultra, Samsung Galaxy S20+ va Samsung Galaxy S20 smartfoni bilan birgalikda Samsung kompaniyasining San-Fransisko shahrida boʻlib oʻtgan Galaxy Unpacked 2020-yil 11-fevraldagi koʻrgazmasida namoyish etildi.
Texnik xususiyatlari
Displey
Samsung Galaxy S20 Ultra Infinity-O turidagi — yuqori qismining oʻrtasida kamera uchun joy oʻyilgan displeyga ega. Samsung bu ekranlarni rasman Quad HD+ Dynamic AMOLED 2X deb atagan; HDR10+ sertifikatiga ega boʻlib, 120 gerslik chastotada kadr yangilanishini qoʻllab-quvvatlaydi. Samsung Galaxy S20 Ultra ekrani — 6,9 dyuymlik. Smartfon ultratovushli barmoq izi skaneri displeyning oʻziga joriy etilgan.
Kamera
Galaxy S20 Ultra smartfonida
40 MP, ob’yektiv diafragmasi F/2,2, ko‘rish burchagi 80˚, avtofokus (old kamera);
12 MP, ob’yektiv diafragmasi F/2,2, ko‘rish burchagi 120˚;
108 MP, ob’yektiv diafragmasi F/1,8, ko‘rish burchagi 79˚, optik barqarorlashtirish;
48 MP, teleob’yektiv diafragmasi F/3,5˚, optik barqarorlashtirish;
3D ToF kamera moduli.
Galaxy S20 Ultra modelida 108 megapiksellik rejimdan 12 megapiksellikka dinamik o‘tish ham ko‘zda tutilgan. Bunda to‘qqizta piksel bittasiga birlashtiriladi va shu tariqa yorug‘likni qamrab olish ko‘lami kengayib, yakuniy surat sifati yaxshilanadi.
Chipsetlar
Galaxy S20 Ultra apparat platforma asosini, sotilish hududiga qarab, Qualcomm Snapdragon 865 yoki Exynos 990 protsessori tashkil etadi. Tezkor xotirasi yangicha – LPDDR5 turiga mansub bo‘lib, Galaxy S20 Ultra modelida esa – 12/16 gigabaytlik. Doimiy xotira hajmiga kelsak, 128 va 512 gigabaytlik variantlarda bo‘lib, yana 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta yordamida xotirani kengaytirish mumkin .
Manbalar
uz.wikipedia.org