Samoviy ishq




Samoviy ishq (Koreyschada:Cheonguk-ui Gyedan) — 2003-yilgi Janubiy Koreya teleseriali. Filmda Choy Ji-vu, Kvon Sang-vu, Kim Tae-xi va Shin Hon-jun ishtirok etgan. SBS telekanalida 2003-yil 3-dekabrdan 2004-yil 5-fevralgacha chorshanba va payshanba kunlari soat 21:55 da 20 qism efirga uzatilgan. Shou sarlavhasi pastki lavhalarda tez-tez ishlatiladigan Led Zeppelin qoʻshigʻidan olingan.

Samoviy ishq dramasi rejissyor Li Jang Suning „Osmon trilogiyasi“ning ikkinchi asari boʻlib, unga 2001-yilda "Goʻzal kunlar" va 2006-yilda "Osmon daraxti" filmlari kiradi. Drama mashhur boʻldi va oʻrtacha tomoshabinlar reytingida 38,8 % va final uchun 45,3 % natijani oldi.

Tahlil



Han Jung-suh (Choi Ji-vu) va Cha Song-ju (Kvon Sang-vu) bolalikdagi doʻstlar va sevgiga aylanadigan oʻziga xos rishtalarga ega juftlik. Ularning ikkalasi ham yaqinlaridan ayrilish dardini birga baham koʻrishadi: Song-juning otasi yoʻl-transport hodisasida, Jung-suhning onasi esa koʻz saratonidan vafot etadi. Jung-suhning otasi (Ha Jae-young) Tae Mi-ra (Li Hui-hyan) ismli aktrisaga uylanadi. U oʻzining haqiqiy qizi Han Yu-ri (Kim Tae-hi) va oʻgʻli Han Tae- hva (Li Van)ni uyiga olib keladi. Yu-ri Jung-suhni qizgʻanadi va onasini ham unga qarshi qilib qoʻyadi. Jung-suhning otasi ishga ketganda, oʻgay onasi unga qoʻl koʻtaradi. Yashirincha uni azoblashadi. Oʻgay onasi Jung-suhning Song-Ju bilan chet elda oʻqishga urinishlarini toʻxtatadi, keyin u yolgʻiz Amerikaga joʻnab ketadi. Mi-ra, Yu-ri uchun oilaviy boyligining vorisi boʻlgan Song-juning mehrini qozonish rejalarini tuzadi. Bu vaqt ichida Jung-suh Tae-hvani yolgʻiz ekanligiga achinadi va unga yaxshi munosabatda boʻlishga harakat qiladi, lekin u uning doʻstligini boshqacha tushinib, uni sevib qoladi. Ammo qiz hech qachon oʻgay akasining sevgisini qabul qilmaydi.

Oradan uch yil oʻtgach, Song-ju (Kvon Sang-vu) Amerikadan qaytib keladi va Jung-suh (Choi Ji-vu) uni kutib olishga shoshiladi. Hasadgoʻy oʻgay singlisi Yoo-ri (Kim Tae-xi) ularning uchrashishiga xalaqit berishga harakat qiladi. Ular aeroportga shoshib ketayotganida, Yu-ri ataylab Jung-suhni mashinasi bilan urib yuboradi. Jung-suh kasalxonaga olib ketiladi, u yerda bir guruh odamlar yongʻinda vafot etgan boʻladi. Yu-ri Jung-suhning guvohnomasini odamlardan biri bilan almashtirib, uning oʻlimini soxtalashtiradi. U haqiqiy Jung-suhni kambagʻallikda hayot kechirayotgan haqiqiy otasining uyiga olib boradi. Tae-hva singlisi Yu-ridan Jung-suhni nima qilganligini soʻraydi. Yu-ri hammasini aytib beradi va Tae-hva qizni olib bu yerlardan uzoqroqqa ketadi, uning ismini ham oʻzgartiradi. Jung-suh avtohalokat sabab xotirasini yoʻqotadi.

Besh yil oʻtgach, Yu-ri tez orada Song-ju bilan unashtiriladi. Song-ju Jung-suhni unutishim kerak deb qaror qiladi va ular bolaligida minib oʻynagan karusel yoniga boradi. U Jung-suhni yana bir bor koʻrishni xohlaydi, boshini koʻtaradi va uni karuselda koʻradi. Hozirda Kim Ji-Su ismli Jung-suh Tae-hva (hozirgi Chul-su) bilan yashab, kichik kiyim doʻkonida ishlaydi. Song-ju Ji-suning oldiga yuguradi va uning Jung-suh ekanligini aytadi, lekin u xotirasi yoqolgani sabab eslay olmaydi va unga ishonmaydi. Song-ju uning oʻtmishini eslatishga qaror qiladi va bir qator voqealar orqali u va Jung-suh yaqin boʻlib qolishadi.

Yuri uni mashinasi bilan yana urib yuborgach, Jung-suh xotirasini tiklaydi va buni Song-juga aytishga shoshiladi. U Tae-hvani kechiradi, chunki u buni ilojsizlikdan qilganini tushinadi. Jung-suh va Song-ju koʻz saratoni borligini aniqlamaguncha birga baxtli hayot kechirib boshlashadi. Kasallik aniqlangach, u Tae-hvadan uni Song-juning yonidan olib ketishni soʻraydi, chunki uning azoblanishini sevgan kishisi koʻrishini hohlamaydi. Asta-sekin Jung-suhning koʻrish qobiliyati yomonlashib, koʻzlari koʻrmay qoladi. Tae-hva Song-ju va uning oilasiga baxtsiz hodisadan boshlab barcha haqiqatni aytadi. Yu-ri hibsga olinadi. Onasi esa aqldan ozadi va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi.

Song-ju onasi va otasining roziligi bilan hozir koʻr boʻlgan Jung-suh bilan oila qurmoqchi boʻladi. Jung-suh Tae-hvaga uning yagona istagi Song-Juning yuzini oxirgi marta koʻrish ekanligini aytadi. Song-ju ham, Tae-hva ham shifokordan Jung- suhga oʻzlarining shox pardasini oʻtkazishni talab qilishadi. Lekin shifokor ularga jonli donorlardan shox pardani ololmasligini tushintiradi. Tae-hva har qanday holatda ham uning xohishini amalga oshirishni xohlaydi va shox pardasini unga berish uchun uyushtirilgan avtohalokat tufayli oʻz joniga qasd qiladi. Tae-hvaning oʻlimidan keyin Jung-suh operatsiya qilinadi va yana koʻra oladi. Biroq, Song-ju Tae-hvaning oʻlimidan xabar topadi va keyinroq Jung-suhga aytadi. U yana kasal boʻla boshlaydi va shifokor oʻsimta uning miyasiga tarqalib ketganini va operatsiya qilish mumkin emasligini aytadi. Bu onasini oʻldirgan oʻsha tuzalmas kasallik boʻlib chiqadi. Jung-suh vafoti yaqin ekanligini tushunib, Tae Mi-ra va Yu-rini Tae-hva uchun kechirib yuboradi. Ular ham Jung-suhga nisbatan qilgan adolatsizliklari uchun pushaymon boʻlib, undan kechirim soʻrashadi. Bir necha kundan keyin Jung-suh oʻzining dengiz boʻyidagi bolalik uyi yaqinida, Song-juning yonida vafot etadi. Yakuniy sahna oxirida okean boʻyi tasvirlanadi, plyaj uyida Song-ju pianino chalayotgan boshlangʻich sahnaga qaytadi. U shunday deydi: „Ehtimol, u kishi (Tae-hva) oʻsha qizni (Jung-suh) mendan koʻra koʻproq sevgandir. Lekin men buni aytsam ham, bu men uni kamroq sevganimni anglatmaydi“.

Rollarda



Asosiy




Qoʻshimcha rollarda




Ishlab chiqarish



Seuldagi „Lotte World“ dam olish majmuasi yaʼni karusel, muz maydonchasi va suratga olish joyi Cha Song-juning oilaviy biznesining markazi sifatida ishlatilgan.

Moslashuvlar




Sountrektlar




Xalqaro translyatsiya



2004-yilda film translyatsiya huquqi Yaponiyaga ₩1.2 billion evaziga sotilgan, bu koreys dramasi eksporti uchun rekord narx boʻldi. U Fuji TV -ning „Saturday Hallyu Wide Hour“ dasturi bir qismi sifatida efirga uzatildi. Birinchi epizod 6 % dan 8 % gacha tomoshabinlar reytingidan joy oldi va yana 12 % gacha reytinglarga ega boʻldi. Bundan tashqari u 2005-yil 4-iyundan 29-oktyabrgacha KNTV kabel kanalida ham efirga uzatildi 2007-yil may oyida TV Asahi estrada shousi „SMAP Station“ tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, „Stairway to Heaven“ Yaponiyada uchinchi eng mashhur koreys dramasi boʻldi.

Drama 2004-yil 2-maydan 27-iyungacha HTV9 telekanalida Vetnamda namoyish etilgan.

U 2005-yilda Filippinda GMA tarmogʻida efirga uzatildi. Shu vaqt mobaynida u eng yuqori: 41,5 % va oʻrtacha 36,1 % tomoshabinlar reytingini oldi. Bu natija uni mamlakatdagi barcha davrlardagi eng yuqori reytingli dasturlardan biriga aylantirdi. Serial 2015-yil 28-sentabrdan 27-noyabrgacha 10 yildan soʻng takroriy namoyishga qoʻyildi. Serial 2020-yil 23-noyabrdan 2021-yil 1-yanvargacha GMA News telekanalida qayta koʻrsatildi va kerakli joylari qayta taʼmirlandi.

2005-yilda dramani translyatsiya qilish (Boshqa davlatlarda efirga uzatish) huquqi Lotin Amerikasidagi sakkizta davlatga, jumladan Meksika, Peru va Kosta-Rikaga sotildi.

Film 2004-yilda Indosiar telekanalida Indoneziyada namoyish etilgan va oʻsha paytdagi eng mashhur koreys seriallaridan biriga aylangan. 2006-yilda Tailandda 3-kanalda namoyish etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz