Samolyotlar




Samolyot yoki uchoq – atmosferada parvoz qilish uchun moʻljallangan, dvigatelli, qoʻzgʻalmas qanotli havo apparati. „Tayyora“ atamasi arabcha tayr – „qush“ soʻzidan olingandir. „Aeroplan“ atamasi samolyotning eskirgan nomidir. Samolyotlar har xil o'lcham va shaklda bo'lishlari mumkin. Ulardan asosan yuk va odamlarni tashish, harbiy sabablar va tadqiqotlar o'tkazishda foydalaniladi. Dunyo bo'ylab havo orqali tijorat qilish har yili avialaynerlarda  to'rt milliarddan ortiq yo'lovchini tashiydi va yiliga 200 milliard tonna - kilometr  dan ortiq yuklarni biror joydan boshqa yerga o'tkazadi, bu esa jahon yuk tashish xizmati bajaradigan ishning 1% dan kamrog'ini tashkil etadi.  Aksariyat samolyotlarni bortdagi uchuvchi qo'lda boshqaradi, biroq hozirgi kunda zamonaviylashgan va robotlashtirilgan samolyotlarni bortda bo'lmasdan turib, markazning o'zidan kompyuter va boshqa texnologiyalar yordamida boshqarish mumkin. Bunga eng oddiy va bizga eng tanish misol bu dronlardir.[1]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz