Samoa (Dùthaich)




Samoa , Samoa Mustaqil davlati (The Independent State of Samoa) — Tinch okeanning janubigʻarbiy qismida, Polineziyada joylashgan davlat. Samoa arxipelagining gʻarbiy qismi— Savayi, Upolu, Apolima, Manono, Fanuatanu, Namua, Nuutele, Nuulua va Nuusafeye o.larini egallaydi. Maydoni 2,8 ming km². Aholisi 178,6 ming kishi (2002). Poytaxti — Apia shahar. Maʼmuriy jihatdan 14 okrug (district)ra boʻlinadi. Yangi Zelandiya lozim bo'lganda harbiy yordam ko'rsatish kafolatlagan.

Davlat tuzumi



Samoa — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 1-yanvarda qabul qilingan, unga 1997-yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — 1963-yildan yoʻlboshchi Maliyetoa Tanumafili II, konstitutsiyaga binoan, qabilalarning boshliqlari tomonidan umrbod saylangan, uning vafotidan keyin davlat boshligʻi Qonun chiqaruvchi assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Fono (Qonun chiqaruvchi assambleya), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati



Orollar vulkan otilishi natijasida vujudga kelgan togʻlik boʻlib, asosan, bazaltdan iborat. Eng baland joyi 1858 m (Savayi o.dagi Silisili togʻi). Qirgʻoklari baland va qoyali. Iklimi subekvatorial va tropik, passatli, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 25—27°. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Yillik yogʻin 2000– 4000 mm; kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Oqar suvlari yoʻq. Samoada 600 ga yaqin oʻsimlik turi boʻlib, ularning 25% endemik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilar kam, qush koʻp.

Aholisining 98% samoalar, qolganlari — Okeaniyaning boshqa orollaridan koʻchib kelganlar va qisman yevropaliklarning avlodlari. Rasmiy tillar — samoa va ingliz tillari. Shahar aholisi 21%. Dindorlarning 80% protestant; katoliklar ham bor.

Tarixi



Samoa hududida qadimdan polineziyaliklar yashab kelgan. 18-asrdan yevropaliklar bu yerga kela boshlagan. 1899-yil Samoani Germaniya, 1914-yil Yangi Zelandiya bosib oldi. 1920-yillarda tashkil etilgan "May" vatanparvarlik tashkiloti mustamlakachilarga qarshi kurashga rahbarlik qildi. 1962-yil 1-yanvardan Samoa mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1970-yil Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka qoʻshildi. Mamlakat 1997-yilgacha Gʻarbiy Samoa deb ataldi. Samoa 1976-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami —1-iyun — Mustaqillik kun i (1962), obhavo sharoiti noqulay boʻlganligi uchun 1-yanvardan 1-iyunga koʻchirilgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Samoa liberal partiyasi, 1994-yil asos solingan; Inson huquklarini himoya qilish partiyasi, 1979-yil tuzilgan; S. milliy taraqqiyot partiyasi, 1985-yilda Xristiandemokratik partiya nomi bilan tashkil etilgan, 1988-yildan hozirgi nomda. Mamlakatda bir qancha tarmoq kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi.

Xoʻjaligi



Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (plantatsiya dehqonchiligi) tashkil etadi. Mamlakat hududining 32% ishlanadi, 66% ga yaqini oʻrmon. Eksport uchun banan, kokos palmasi, kakao yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, makkajoʻxori, sholi, taro, apelsin va ananas ekiladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Oʻrmonda qimmatbaho nav yogʻoch tayyorlanadi. Sanoati qandolatchilik va mebel fabrikalari, kiyimkechak, ggoyabzal, kokos yogʻi va sovun ishlab chiqarish, yogʻochsozlik va kofe tuyish korxonalaridan iborat. Avtomobil ehtiyot qismlari zavodi mavjud. Avtomobil yoʻllari uz. salkam 800 km. Apia shahrida dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga kopra, kakao, banan chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, benzin, transport vositalari keltiradi. Asosan, Yangi Zelandiya, AQSH va Avstraliya bilan savdo qiladi. Sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — tala (Samoa dollari).

Maorifi



Samoada davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy va missionerlik oʻquv yurtlari ham bor. 6 yillik boshlangʻich maktabda darslar ingliz va samoa tillarida, 6 yillik oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Apia shahrida 2 universitet, qishloq xoʻjalik va. ped. kollejlari, rasadxona, xalq kutubxonasi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. "Savali" (hukumatga qarashli oylik nashr, 1904-yildan samoa va ingliz tillarida chikadi), "Samoa nyus" ("Samoa yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1994-yildan), "Samoa observer" ("Samoa kuzatuvchisi", samoa va ingliz tillarida haftasiga 5 marta chiqadigan gaz., 1979-yildan), "Samoa uikli" ("Samoa haftasi", ingliz tilida chiqadigan haftanoma, 1977-yildan). Mamlakatda axborot agentligi yoʻq. Samoa radioeshittirish xizmati hukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, 1948-yil tashkil etilgan. Samoa televizion korporatsiyasi hukumat qaramogʻida, 1993-yil tashkil etilgan.

Meʼmorligi



Mahalliy aholi sohil yaqinidagi 400 qishlokda, choʻziqroq doira shaklidagi fale deb ataluvchi anʼanaviy chaylalarda yashaydi. Devorsiz chaylalar yogʻoch qoziqlar ustiga qurilib, tomiga kokos yoki pandanus yaprogʻi yopiladi. Yevropaliklar Apia shahrida istiqomat qiladi. Shahar markazida 1—2 qavatli yevropacha uylar qurilgan, ularning tepasida cherkov qoʻngʻirokxonalari qad koʻtargan. Bu yerda mehmonxonalar, mayda korxonalar, xorijiy kompaniyalarning idoralari, shuningdek, hukumat muassasalari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Samoa davlatiga oid uzunroq ma’lumotni o‘zbek tilida taqdim etaman.

Samoa davlati haqida umumiy ma’lumot

Samoa — Janubiy Tinch okeanidagi orollar davlatidir. U Okeaniya mintaqasiga kiradi va Polineziya orollari tarkibiga kiradi. Samoaning rasmiy nomi — Samoaning Mustaqil Davlati (Samoa). Poytaxti va eng yirik shahri — Apia shahridir.

Geografiyasi

Samoa arxipelagi ikki asosiy oroldan iborat: Upolu va Savai’i. Shuningdek, kichikroq orollar ham mavjud. Upolu oroli aholisi va iqtisodiy faoliyati jihatdan eng rivojlangan oroldir. Samoaning umumiy maydoni taxminan 2,842 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

Iqlim

Samoada tropik iqlim hukmron bo‘lib, yil davomida harorat odatda 25 dan 30 daraja Selsiygacha o‘zgaradi. Iqlim nam va issiq, yomg‘ir mavsumi noyabrdan aprelgacha davom etadi.

Tarixi

Samoa aholisi asosan polineziyaliklar hisoblanadi. Samoaning tarixiy madaniyati ming yilliklarga borib taqaladi. Evropa kashfiyotchilari 18-asr oxirida Samoaga yetib kelgan. 20-asr boshlarida Samoa nemis va amerikaliklarning ta’sirida bo‘lgan. 1962 yilda Samoa mustaqillikka erishdi va qit’a bo‘lmagan birinchi janubiy okean oroli mamlakati bo‘ldi.

Madaniyat

Samoa madaniyati boy an’analar, musiqa, raqs va hunarmandchilik bilan mashhur. Eng mashhur milliy raqs turi — sasa va taualuga. Samoaning an’anaviy kiyimlari, masalan, lavalava (uzun ro‘mol), xalq orasida juda keng tarqalgan. Samoaliklar uchun oila va hamjihatlik juda muhim qadriyat hisoblanadi.

Iqtisodiyot

Samoa iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga tayanadi. Asosiy ishlab chiqarish sohalariga kokos yong‘og‘i, banan, ananas va tsellyuloza ishlab chiqarish kiradi. Turizm ham mamlakat uchun muhim tarmoq bo‘lib, turli plyajlar, snorkelling va madaniy tadbirlar sayyohlarni jalb qiladi.

Til va din

Samoada ikki rasmiy til mavjud: samoan tili va ingliz tili. Din asosan xristianlik bo‘lib, ko‘pchilik protestant va katoliklar hisoblanadi.

Sayyohlik

Samoa sayyohlar uchun tabiatning go‘zalligi, hayvonot olami, toza plyajlar, kaskadlar va snorkelling imkoniyatlari bilan mashhur. Ana o‘sha joylarda sayyohlar an’anaviy samoaliklar kengashi va madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.

Umuman olganda, Samoa — o‘zining tabiat go‘zalligi, madaniyati va iliq mehmondo‘stligi bilan mashhur bo‘lgan kichik, ammo jozibador davlatdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz