Samo Sport majmuasi




Samo Sport majmuasi  — Fargʻona shahrida joylashgan sport majmuasidir. Arenada asosan futzal oʻyinlari, shuningdek, 10 ga yaqin sport turidan musoboqalar oʻtkaziladi.

Tarixi



Samo Sport majmuasi 2017—2019-yillar davomida Fargʻona viloyatida qurilgan. Sport majmuasini „426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna“ qurilish korxonasi tomonidan qurilgan. Qurilish qiymati 40 milliard 356 million soʻm baholangan va Fargʻona viloyati hokimligi tomoniyat moliyalashtilgan. Majmuaning ochilishi 2019-yil 7-oktyabrda oʻtkazilgan.

Tavsifi




Sport majmuasi koʻp maqsadli sport oʻyinlarida foydalanish uchun qurilgan boʻlib, yakka kurash sport oʻyinlari uchun maxsus 4 ta zal, 4 ming oʻrindiqqa ega katta zaldan iborat. Majmua tashqi maydonida basketbol maydonchasi ham mavjud. Majmuada bir ncha sport turlari, gimnastika, boks, milliy kurash, karate, dzudo kabi 20 yaqin sport toʻgaraklari faoliyat yuritadi. Majmuada mahallaiy va Oʻzbekiston miqiyosidagi sport musoboqalar oʻtkazilib kelinmoqda. Majmua shuningdek bir necha biznes va savdo koʻrgazmalarni ham oʻzida oʻtkazdi.

Musoboqalar



Samo arenasi 2021-yilda oʻtkazilgan voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musoboqa oʻyinlari 17-avgust va 22-avgust kunlari oraligʻida oʻtkazildi.

Sport majmuasida asosiy sport turi sifatida futzal musoboqalari oʻtkazib kelinadi. Arena OʻzPFL tomidan oʻtkaziladigan Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oʻyinlaridagi mezbon stadionlardan biridir. Arenada mahalliy Neftchi futzal jamoasi mashgʻulotlar olib boradi.

FIFAning 2023-yil 23-iyuldagi navbatdagi yig‘ilishida Oʻzbekiston FIFA futzal Jahon chempionati 2024 musoboqasi mezboni sifatida tanlandi. Oʻzbekiston FIFAga yoʻllagan arizasida mezbonlik qiladiagan arenalar roʻyhatiga Samo sport arenasini ham jahon chempionati oʻtkazishi mumkun boʻlgan va talablarga javob beradigan stadionlarga kiritgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz