Sammy Reeson




Sammy Reeson (1963-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — britaniyalik sobiq bokschi, u birinchi boʻlib Britaniya va Yevropaning „cruiser vazn“ toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan bo'lib, bundan tashqari WBC jahon chempioni unvoni uchun ham kurashgan bokschi edi.

Faoliyati



Londonning Battersea shahridan Reeson oʻzining professional faoliyatini 1983-yilda boshlagan va oʻzining birinchi unvonini qoʻlga kiritishdan oldin oʻzining birinchi boʻlib, oʻn ikkita jangida gʻalaba qozonib kelgan, u 1985-yilning yanvarida Trevor Cattousening 6-raundiga kelib toʻxtab qolgani bilan gʻalaba qozongan janubiy mintaqaning yengil vazn toifasidagi unvonini qoʻlga kiritgan. 1985-yilning oktyabr oyida u yangi kiritilgan britaniyalik craiser vazn toifasi unvonini olish uchun Stewart Lithgo bilan jang qiladi va 12 raunddan ortiq ringda kurashgan, ochkolar evaziga gʻalaba qozondi. U oʻzining 100 foizlik gʻalaba rekordini 1986-yil mayiga qadar saqlab qola oldi, u 4-raundda Lui Pergaud tomonidan toʻxtatilgandan keyin yutqazib qoʻydi.

Nokaunt



1987-yil aprel oyida u birinchi EBU „cruiser vazn“ toifasi chempioni boʻlish imkoniyati uchun Manfred Jassmann bilan uchrashdi va unga ringga chiqadi, Reeson bir ovozdan Yevropa chempioni boʻladi. U oʻsha yilning noyabr oyida Luigi Riccini 7-raundda nokautga uchratib, chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qila oldi.

1989-yil may oyida u Evander Holyfielddan boʻshatilgan WBC creiser vazn toifasi unvoni uchun Puerto-Rican Carlos de Leon bilan uchrashdiva ringga tushadi De Leon Reesonni 9-raundda ikki marta nokautga uchratganidan soʻng toʻxtatdi. Bu holat Reesonning 26 ta oʻtkazgan jang faoliyatidagi ikkinchi magʻlubiyat boʻlgan edi xolos. Bu esa Reesonning soʻnggi jangi boʻlib qoldi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz