Samira Amirova




Samira Firudinovna Amirova (oʻzbekcha: Samira Firudinovna Amirova; 1998-yil 2-aprelda Oʻzbekiston, Toshkent shahrida dunyoga kelad) — badiiy gimnastika boʻyicha o‘zbek sportchisi, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro darajadagi sport ustasi. 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri sovrindori bo‘ldi.  

Sportdagi faoliyati



2003-yilda Samira Toshkentda murabbiysi Lyudmila Polivanova bilan birga badiiy gimnastika bilan shug‘ullana boshladi. 2009-yilda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga kirdi. 2014-yilda Samira Izmir (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida guruh mashqlarida ishtirok etdi. Ikkala mashq jamlamasidan O‘zbekiston terma jamoasi bilan 30,116 ball to‘pladi va bor-yo‘g‘i o‘n oltinchi o‘rinni egalladi.

Yosh sportchi 2015-yilda Shtutgartda (Germaniya) badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida guruh mashqlarida jamoa bilan 32,566 ball to‘pladi va o‘ninchi o‘rinni egalladi. O‘sha yili Tye shahrida (Fransiya) badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri bosqichida Amirova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Chechxon shahrida (Koreya Respublikasi) badiiy gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ko‘pkurash va tasma bilan mashq bajarishda guruh bo‘yicha bronza medalini olishga erishdi.

2016-yil aprel oyida Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Olimpiada sinov musobaqalari bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston terma jamoasi Samira bilan birga 32.832 ball to‘pladi va ikkinchi o‘rinni egalladi va shu tariqa Olimpiada o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritdi. O‘yinlar oldidan Samira Firudinovna Xyuston shahrida (AQSh) jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Rio-de-Janeyroda (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida guruh mashqlari, saralash bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi atigi 31.166 ball to‘plab, o‘n ikkinchi o‘rinni egalladi, natijada turnirning final qismida yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz