Sami Khedira




Sami Xedira (nemischa: Sami Khedira; arabcha: سامي خضيرة ;
4 aprel 1987 yil, Shtutgart) — Kelib chiqishi tunislik bo’lgan nemis futbolchisi. Germaniya terma jamoasi va Yuventusklubi yarim himoyachisi. Onasi nemis, otasi tunis.

Faoliyati



Shtutgart



Bundesligada 1 oktabr 2006 yilda Gerta jamoasiga qarshi debyutini o’tkazgan. 2007 yil 29 yanvarda Shtutgart bilan 2009 yil iyun oyigacha shartnoma imzoladi. 2008 yil 9 iyulida shartnomasini 2011 yilgacha uzaytirdi. Jamoada tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushdi, bir oz muddat jamoaning sardor o’rinbosari ham bo’ldi.

Real Madrid



2010 yilning yozida madridning “Real” jamoasiga tarkibiga o’tdi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil etdi. 2012 yil 21 aprel kuni bo’lib o’tgan mehmondagi o’yinda “Real”ning azaliy raqibi hisoblangan Barselona darvozasiga to’p kiritdi va o’yinda jamoasi 1:2 hisobida g’alaba qozondi.

Germaniya terma jamoasi



Germaniya terma jamoasida 2009 yil 5 sentabrda JARga qarshi o’tgan o’rtoqlik uchrashuvida o’z debyutini o’tkazgan. Terma jamoaning asosiy o’yinchilarining ko’plab jarohati sababli Sami 2010 yilgi jahon chempioni tarkibiga kiritildi. Mundialda o’tkazilgan barcha o’yinlarda ishtirok etdi va maydon markazidagi o’yinlari yuqori baholanib, maqtovlarga sazovor bo’ldi. 3-o’rin uchun Urugvay bilan bo’lgan bahsda u gol urishga ham erishdi.

Erishgan natijalari



Klubda




Terma jamoada




Shahsiy



UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz