Sami Al-Jaber
Sami Abdullah Al-Jaber (talaffuzi: Somi Abdulloh al-Jobir) (arabcha: سامي الجابر) (1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi. Sami Al-Jaber hujumchi sifatida oʻynagan. Sami Al-Jaber butun faoliyatini „Al Hilal“ futbol klubida oʻtkazgan.
Klublardagi faoliyati
Sami Al-Jaber 1989-yilda „Al Hilal“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Bundan soʻng, Sami Al-Jaber futbolchilik faoliyatining deyarli 20 yilini klubda o‘tkazdi. 2000-yilda Sami Al-Jaber „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubiga safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Sami Al-Jaber u yerda besh oy ichida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi. Klub maʼmuriyati Sami Al-Jaberning otasi ogʻir kasal boʻlib qolganini bilgach, unga Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Ain“ futbol jamoasiga ijaraga oʻtishga ruxsat berishdi. Shu bilan Sami Al-Jaberning Angliyadagi faoliyati nihopyasiga yetdi. Shunga qaramay, Sami Al-Jaber shu kungacha vatanidan tashqarida oʻynagan saudiyalik futbolchilardan biri boʻlib qolmoqda.
2008-yil 21-yanvarda Sami Al-Jaber „Al Hilal“ futbol kklubi safida Angliya Premyer-ligasi vakili „Manchester United“ futbol klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Sami Al-Jaber klub safidagi soʻnggi oʻyinida mehmonlar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonish uchun penaltini aniq amalga oshirdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
1998-yil 27-may kuni Sami Al-Jaber Norvegiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoa safidagi 100-milliy o‘yinini o‘tkazdi. 25 yosh, toʻrt oy va 16 kunligida oʻtkazgan ushbu uchrashuvi Sami Al-Jaberni xalqaro maydonda 100 va undan ortiq xalqaro oʻyin oʻtkazgan eng yosh erkak futbolchiga aylantirdi.
Sami Al-Jaber terma jamoa safida 2000-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Menejerlik faoliyati
Sami Al-Jaber 2009-yilda, professional futboldan ketganidan bir yil oʻtib, „Al Hilal“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Sami Al-Jaber klub safida Erik Gerets, Gabriel Calderon va Thomas Doll kabi taniqli murabbiylar qoʻl ostida ishladi. 2012-yilda Sami Al-Jaber Liga 2 jamoasi „AJ Auxerre“ futbol klubining yordamchi murabbiyi boʻldi.
2013-yilning 27-mayida Sami Al-Jaber sobiq murabbiy Zlatko Dalić o‘rniga „Al Hilal“ futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Sami Al-Jaber 1999-yildan beri Khalil Ibrahim Al-Zayaniyning 14 yillik faoliyatidan so‘ng „Al Hilal“ futbol klubini boshqargan birinchi saudiyalik murabbiy bo‘ldi. Yangi faoliyatidagi birinchi mavsumdan soʻng, Sami Al-Jaber futbol boʻyicha murabbiylar dunyosi reytingida 19-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, 2014-yil 19-iyulda „Al Arabi“ futbol klubi Sami Al-Jaberni jamoaning texnik menejeri lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org