Samarqand–Qarshi avtomagistrali




Samarqand–Qarshi avtomagistrali (A378) — Oʻzbekiston hududidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻli, umumiy uzunligi 138 km. Yoʻl I—III toifali, asfalt-beton qoplamali. Yilning kuz-qish fasllarida Toshkent—Termiz (M39) xalqaro avtomagistralining (qarang Katta Oʻzbekiston trakti) Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari oraligʻidagi Taxtaqoracha dovonidan oʻtuvchi qismida ogʻir yukli avtopoyezdlarining qatnovini taʼminlash, Samarqand—Qashqadaryo viloyatlari oʻrtasida avtobus harakatini yoʻlga qoʻyish va xalq xoʻjalik yuklarini tashishda muhim oʻrin tutadi. Yoʻldagi transport harakati jadalligi 4000—6000 avtomobil/kunni tashkil kiladi (2003).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz