Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Koordinatalari: 39°39′35.283579085178″N 66°55′56.379805599886″E / 39.65980099419032712°N 66.93232772377774609°E / 39.65980099419032712; 66.93232772377774609 G O
Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — Veterinariya va biotexnologiya sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlarni olib borish boʻyicha respublikaning tashabbuslarini amaliy roʻyobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.
Tarixi
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti boʻlib, 1929-yilda Oʻzbekiston davlat paxtachilik instituti va Oʻzbekiston zooveterinariya instituti bazasida tashkil etilgan. 1933-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti, 1961-yildan hozirgi nomda. Institut tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995-yildan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-yilda 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Institut krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, institut muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 oʻquv-yilida Institutda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan doktori va professor, 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Institut tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va „Ilmiy ishlar toʻplamlari“ nashr etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Veterinariya meditsinasi“ institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 8-mayda tashkil topgan
Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Maqomi
Qabul
Fakultet
Kafedralar
Taʼlim yoʻnalishlari
Yana q.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org