Samarqand (mehmonxona)




"SAMARQAND" — mehmonxona; Samarqand sh. Oxunboboyev koʻchasida joylashgan (1967, meʼmori O.Aydinova). Amir Temur maqbarasi yaqinida. Mehmonxona 9 qavatli yotokxona va bir kavatli jamoatxonadan tuzilgan. "S."ning xrvuz va favvorali markaziy xiyobonga karagan bosh tarzi ayvonchalardan, Oxunboboyev koʻchasiga qaragan tarzi yozgi yengil balkonlardan tashkil topgan. 320 oʻrinli 1 va 2 kishilik xonalardan iborat boʻlgan 9 qavatli yotoqxonaning har bir xonasi barcha qulayliklarga ega, devor ichi mehrob shaklida ishlangan shkaflar bilan jihozlangan. Jamoatxona qismi interyeri koshinkori, ganch va yogʻoch oʻymakorligi bilan jozibali bezatilgan; unda xizmat koʻrsatish boʻlimi, restorankafe, banket zali, doʻkonchalar joylashgan va u ichki hovli bilan uzviy bogʻlangan. Yotoqxona qismining tomi, yaʼni 10qavati shahar manzarasini tomosha kilish uchun moslashtirilgan maydonchaga aylantirilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz