Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti




Koordinatalari: 39°39′7.2000000000037″N 66°57′47.520000000002″E / 39.652000000000001023°N 66.96320000000000050°E / 39.652000000000001023; 66.96320000000000050 G O

Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDCHTI) – roman-german va koreys filologiyasi boʻyicha pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Samarqand shahri Boʻstonsaroy koʻchasida joylashgan. Bu Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Samarqand davlat chet tillar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 8-noyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yuqori malakali xorijiy filologlar, mutaxassislar, jumladan, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, shuningdek, turizm infratuzilmasi uchun gid-tarjimonlar tayyorlanmoqda.

Samarqand davlat universitetida faoliyat koʻrsatgan kafedralar (ingliz, fransuz, nemis tillari) birlashtirilib, avval oʻzbek filologiyasi fakulteti qoshida boʻlim, 1962-yildan esa romangerman filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 1962—1994-yillar mobaynida ushbu fakultet yirik oʻquv, ilmiy uslubiy markazga aylandi. SamDCHTI da kichik, katta kurslar ingliz filologiyasi, fransuz, nemis va koreys filologiyasi fakultettlarida 2003—2004-oʻquv yilida 240 oʻqituvchi (jumladan, 10 fan doktori, 5 professor va 40 fan nomzodi va dotsentlar) 1800 talabaga dars bergan. Institutda, shuningdek, italyan, yapon, turk, arab tillari ham oʻqitiladi.

Institutda 8 ta fakultet va 23 ta kafedra mavjud (2023-yil maʼlumoti). Ular: 16 ta til va madaniyat markazlari, hududiy (zonal) tillarni oʻqitish markazi, taʼlim sifatini taʼminlash va innovatsiyalar markazi, shuningdek, oʻquv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan axborot-resurs markazi. Institut bakalavriat (14 ta yoʻnalish boʻyicha), magistratura (9 ta mutaxassislik boʻyicha), doktorantura (4 ta profil) yoʻnalishlariga ega. 350 oʻquvchiga moʻljallangan yotoqxona, shuningdek, 250 oʻrinli oshxona mavjud.

Hozirda quyidagi til mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda: ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, fors, yapon, koreys va xitoy tillari. Soʻnggi yillarda institutdan 6 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, 15 nafar Alisher Navoiy nomidagi, 3 nafar Islom Karimov nomidagi olimlar hamda yuzdan ortiq turli dastur va olimpiadalar gʻoliblari yetishib chiqqan. Hozirgi kunda taʼlim muassasasida 610 nafar professor-oʻqituvchilar, jumladan, 12 nafar fan doktori, professor, 54 nafar fan nomzodi, dotsent va 54 nafar oʻqituvchi, jumladan, 20 nafar xorijiy mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

SamDCHTI dunyoning 45 dan ortiq davlati, jumladan, Rossiya, Ukraina, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, AQSh, Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarning universitet va institutlari, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolagan.

Institutda frazeologiya, leksikografiya, qiyosiy tipologiya, lingvodidaktika kabi filologiya tarmoqlari rivojlangan. Institutda koʻplab ilmiy asarlar yaratilgan. Shular qatorida „Til va jamiyat“, „Xorijiy tillar hozirgi dunyoda: Taʼlim metodikasining tadrijiy taraqqiyoti“, „Kontrastiv leksikografiya nazariyasi asoslari“ va boshqa Shuningdek, Institutda „Xorijiy filologiya“ (til, adabiyot, taʼlim) jurnal nashr etiladi.

Fakultetlar va kafedralar



Ingliz tili fakulteti – I



Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 1995-yil 17-yanvarda 1-sonli buyrugʻiga asosan Ingliz filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. SamDCHTI Kengashining 2018-yilning 25-oktyabridagi 3-son bayoni bilan tasdiqlangan va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan 2018-yil 2- noyabrda kelishilgan „Samarqand davlat chet tillar instituti tashkiliy tuzilmasi“ga asosan Ingliz tili fakulteti negizida „Ingliz tili I fakulteti“ tashkil etilgan. Fakultet dekani Ismailov Anvar Rustamovich. Fakultet kafedralari: Ingliz tilini oʻqitish va amaliyoti metodikasi kafedrasi, Ingliz tili fonetikasi kafedrasi, Lugʻat va stilistika kafedrasi, Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi.

Ingliz tili – II fakulteti



Fakultet dekani – Yusupov Otabek Yakubovich. Fakultet kafedralari: Ingliz tilining integratsiyalashgan kursi, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi, Ingliz tilining nazariy uslublari kafedrasi va Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi.

Roman-german tillari fakulteti



Fakultet dekani – Primov Bahodir Yarashovich. Fakultetning kafedralari: ingliz tili va adabiyoti, nemis tili va adabiyoti, fransuz tili va adabiyoti hamda italyan va ispan tillari.

Sharq tillari fakulteti



Fakultet 1995-yilning 12-avgustida tashkil etilgan. Fakultet dekani – Joʻrayev Dilshod Mamadiyorovich.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz