Samariy




Samariy (lot. Samarium), Sm — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 62, atom massasi 150,36. Samariy — kumush kabi oq metall, suyukdanish temperaturasi 1072°, zichligi 7,54 g/sm³. Ilk bor 1879-yilda Uralda topilgan samarskit mineralidan ajratib olingan. l49Sm izotopi yadrosi sust neytronlarni oʻta kuchli yutish xususiyatiga ega boʻlganligi sababli Samariy yadro reaktorlarining moslovchi oʻzaklarida ishlatiladi. Samariyning kobalt bilan intermetall birikmasi SmCo5 acosida juda quvvatli oʻzgarmas magnitlar tayyorlash mumkin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz