Samaraxon Karimov




Samaraxon Karimov (1930-yil 30-iyunda Namangan viloyati Kosonsoy qishlogʻida tavallud topgan) — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Biografiyasi



Samaraxon Karimov 1930-yilda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tavallud topgan.KPSS a'zosi.1946-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat olib borgan.1946—1987-yillarda Oxunboboyev nomidagi kolxozda kolxozchi boʻlib ishlagan.1949—1955-yillarda Xoʻjand davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirgan.Samaraxon Karimov Namangan viloyati Kosonsoy qishlog‘idagi Xamza nomidagi 3-maktabda o‘qituvchi va Ulug‘bek tumanidagi 32-maktabda bosh o‘qituvchisi, direktor boʻlib ishlagan. Namangan viloyati Kosonsoy raykomining birinchi kotibida faoliyat koʻrsatgan.Oʻzbekiston Kompartiyasi Kosonsoy tuman qoʻmitasi tashviqot boʻlimi mudiri, Namangan viloyati Chust tuman ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Chust tuman qoʻmitasi ikkinchi kotibi, birinchi O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyati Chust tuman qo‘mitasi kotibi, O‘zbekiston Kompartiyasi Kosonsoy tuman qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.1955—1959-yillarda Kosonsoy tuman Yoshlar tashkiloti birinchi kotibi vazifasida ishlagan.Samaraxon Karimov Lenin ordeni va Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 1957-yil 11-yanvarda Faxriy nishon ordeni, Oʻzbekiston respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi,1992-yil Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan.Samaraxon Karimovning otasi Abdukarimxoʻja Sharafatxoʻjayev onasi Anziratxon Raxmonova , ukasi Farxodjon, oʻgʻli Komolxon Karimov .

Samaraxon Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati etib saylangan.

Vafoti



Samaraxon Karimov 2006-yil 7-aprelda 75 yoshida vafot etdi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz