Samandarak




Samandarak - Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi shaharchadir. Aholisi 4200 dan ortiq (2012). Bagʻdod tumani markazidan Samandarak markazigacha boʻlgan masofa 2,8 km. Samandarak oʻrtasidan katta Fargʻona kanali kesib oʻtgan. Aholisi uchta tipda faoliyat olib boradi: bogʻdorchilik, tadbirkorlik va taʼlim sohasida. Samandarakda 200 ga yaqin fermer xoʻjaliklari va bogʻlar, 100 dan ortiq sexlar, 4 ta taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek bu joyda Access Provider firmasi, Abdumutal Madaminov fermer hoʻjaligi va Samandarak studiasi ham oʻz faoliyatini olib boradi. Maktabgacha taʼlim muassasi tumandagi eng yaxshi maskan deb topilgan(2008-yilda). Tez fursatlar ichida bu hududning oʻz savdo portali-www.samandarak.ru ishga tushish arafasida.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz