Samaire Armstrong
Samaire Rhys Armstrong (sə-MEER-ə) — amerikalik aktrisa va modelyer. U oʻzining "Stay Alive, The O.C., Itʼs a Boy Girl Thing" filmidagi rollari va ABC suratga olgan teleserial „Dirty Sexy Money“dagi „Juliet Darling“ roli bilan omma oldida mashhurlikka erishgan. U ABC kanali suratga olgan fantastik dramatik seriali „Resurrection“da Elaine Richards rolida televizorda paydo boʻladi. Shuningdek, u Hanson guruhi suratga olgan „Penny & Me“ va Daniel Powterning „Bad Day“ musiqiy videolarida suratga tushgan.
Yoshligi
Armstrong Tokioda shotlandiyalik otasi Hunter Armstrong va italiyalik onasi Sylvia Sepielli oilasida tugʻilgan. Uning onasi kurortlar uchun SPA majmualarni loyihalashtirardi. Otasi esa askarlarga yaqin jangovar mashgʻulotlarni oʻrgatardi. Armstrong Yaponiyada besh yil yashab, Havaii orollariga, keyinroq Sedona (Arizona)ga koʻchib oʻtadi va u yerda oʻsib ulgʻayadi. Sedonadagi Red Rock oʻrta maktabida tahsil oladi. U Malayziya va Xitoyda ham yashagan.
Faoliyati
2000-yilda Armstrong oʻzining televizion debyutida Meredit rolini tasvirlagan holda "Party of Five " oʻsmirlik dramasi teleserialining epizodida rol oʻynaydi. 2000-yildan 2001-yilgacha Armstrong The X-Files, ER, Judging Emy va Freaks and Geeks kabi yuqori darajadagi telekoʻrsatuvlarda mehmon rollarini ijro etgan.
2004-yilda Armstrong HBO suratga olgan teleserial Entourageda Ari Goldning yordamchisi sifatida paydo boʻladi va Eric Murphyda qiziqish uygʻotadi. Tanqidchilar uning qahramoni Anna Stern va Emili bilan koʻp oʻxshashliklarni qayd etadilar. U oʻz faoliyati uchun maqtovga sazovor boʻladi. U serialning dastlabki ikki faslining atigi sakkizta qismida koʻrinish beradi. U CSI: Mayami va Living with Fran teleseriallarida ham rollar ijro etgan.
2010-yilda Armstrong HBO telekanali suratga olgan teleserial „How To Make It In America“ serialida Jane rolini aks ettiruvchi birinchi epizodda paydo boʻladi.
2012-yilda u „Ruhshunos“ serialining „Pink Tops“ epizodida fohisha timsolida California Tergov Byurosining maxfiy maʼlumotchisi rolini gavdalantiradi. Uning qahramoni Summer Kimball Choga nisbatan his-tuygʻulari borligini tan olganidan keyin „At First Blush“ epizodida Tim Kang tasvirlagan qahramoni Kimball Cho bilan oʻpishadi.
2013-yil sentabr oyida u Sons of Anarchy serialining 6-mavsumida „Straw“ epizodi premyerasida maktabda otishma sodir etgan sariq sochli bolaning onasi rolini tasvirlaydi
Armstrong filmdagi debyutini 2001-yilda "Not Another Teen Movie" parodiya filmidagi egizaklardan biri Kara Fratelli rolini oʻynagan. Oʻshandan beri Samaire „Would I Lie To You?“, „Gramercy Park“ va „Trash“ kabi filmlarda muhim kichik rollarda paydo boʻladi. 2006-yilda Armstrong Lindsay Lohan bilan birgalikda Lohan qahramonining eng yaqin doʻsti Meggie rolini aks ettiruvchi „Just My Lucky“ filmida rol oʻynaydi. Film kassabop bomba film deya topiladi hamda tanqidchilar tomonidan salbiy qabul qilinadi.
Armstrong 2006-yil 26-dekabrda chiqqan Kanada filmi „Itʼs a Boy Girl Thing“ komediyasida Nell Bedworth rolini oʻynaydi va tanqidchilardan ijobiy baho oladi. Film butun dunyo boʻylab 7 385 434 dollar daromad topib, muvaffaqiyatli daromad keltirgan kassabop film deb topiladi. Samairening ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholanadi.
2008-yilda Armstrong Around June mustaqil ishqiy filmida rol ijro etadi. Filmda noqonuniy muhojirni sevib qolgan yosh ayol haqida hikoya qilinadi. Uning sevgisi uning hayotini oʻzgartiradi. Suratga olish ishlari 2008-yilda Californianing San Francisco shahrida boʻlib oʻtgan. Film 2009-yilda Santa Cruz festivalida namoyish etilgan. Shundan soʻng Armstrong 2010-yilda chiqqan yana bir mustaqil film — "The Last Harbor" kriminal trillerida rol ijro etadi. U 2013-yilda yana bir triller — 5 Soulsda ham rol oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
Armstrong 2007-yil oktabr oyida „baʼzi shaxsiy muammolarni hal qilish uchun“ „ambulatoriya muassasasida“ davolanadi.
2012-yil dekabr oyida Armstrong va uning oʻsha paytdagi sevgilisi Jason Christopher oʻzlarining birinchi farzandlarini dunyoga keltirishadi. Armstrong Sedona shahrida yashaydi. Ushbu shaharda u oʻsmirlik davrida maktabga qatnagan. Aktrisa siyosiy faol shaxs hisoblanib, oʻzining nomzodini shahar hokimi boʻlish uchun qoʻygan.
Armstrong konservativ siyosatcha va u 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Trampga ovoz bergan. 2020-yilda u Instagramda „BLM milliard dollarlik mahalliy terrorchi tashkilot“ deya taʼkidlagandan keyin tanqidlarga uchraydi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Musiqiy videolari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org