Sam Nicholson




 

Sam Alastair Nicholson (talaffuzi: Sem Alaster Nikolson; 1995-yil 20-yanvarda Shotlandiyaning Edinburg shahrida tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, „Colorado Rapids“ klubining qanot himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati




Sam Nicholson „Heart of Midlothian“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilning 31-avgustida u Shotlandiya premyer ligasida „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qildi. 2014-yil 18-yanvarda Sem „St Johnstone“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Heart of Midlothian“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi.

2017-yilning 10-iyulida Sam Nicholson MLSning „Minnesota United“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U Amerika ligasidagi debyutini 22-iyul kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 30-sentabr kuni „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Sam Nicholson MLSdagi birinchi golini urdi.

2018-yilning 1-may kuni Sam Nicholson „Colorado Rapids“ futbol klubiga 50 000 dollar evaziga sotildi. 5-may kuni „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Colorado Rapids“ futbol klubi safida debyut qildi. Sem oʻzining „Colorado Rapids“ futbol klubi safidagi birinchi golini 4-iyul kuni „Seattle Sounders“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. 2020-yil 2-iyulda Sam Nicholson „Colorado Rapids“ futbol klubi bilan shartnomani tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra bekor qildi.

2020-yil 22-iyulda Sam Nicholson ikki yillik shartnoma asosida Angliya 1-ligasidagi „Bristol Rovers“ futbol klubiga qoʻshildi. U 5-sentabr kuni 2020—2021-yilgi futbol ligasida „Ipswich Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Bristol Rovers“ jamoasi safida debyut qildi. 31-oktabr kuni „Rochdale“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Bristol Rovers“ klubi safidagi birinchi golini urdi.

2022-yil 17-iyunda Sam Nicholson „Colorado Rapids“ futbol klubiga erkin agent sifatida qaytdi va shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2,5 yillik bitim imzoladi.

Jamoalari




Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz