Sam Greenwood




Sam Greenwood (2002-yil, 26-yanvarda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Premier Leaguening Leeds United klubida hujumkor yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Greenwood Sunderlandda tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati



Greenwood faoliyatini Hebbern Town Juniors va Sunderland akademiyasida boshlagan, 2018-yilda 16 yoshida 500 ming funt sterling evaziga Arsenal akademiyasiga oʻtgan.

Greenwood 2020-yil, 28-avgust kuni nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida Leeds United klubiga qoʻshilgan. U 2020-yil sentabrida Premyer ligada 2da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan. Greenwood oʻzining Leedsdagi debyutini 2021-yil, 10-yanvarda Angliya kubogining uchinchi bosqichida Crawley Townga qarshi oʻyinda (3:0) ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi.

Uning klubning kattalar safidagi ikkinchi oʻyini 2021-yil, 26-oktabrda EFL kubogi doirasidagi Leeds Unitedning Arsenal klubiga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvida, u 70-daqiqada Rodrigoning oʻrniga maydonga tushgan. U Premyer ligadagi debyutini 2021-yil, 18-dekabrda Arsenal klubiga qarshi oʻyinda (4:1) zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. U oʻzining Premyer liga doirasidagi birinchi asosiy tarkibdagi oʻyinida, Leeds Unitedning mavsumning soʻnggi oʻyinida Brentford klubiga qarshi 2022-yil, 22-may kuni mehmonda oʻtkazdi, usha oʻyinda Leeds United klubiga quyi ligaga tushib ketmaslik uchun Burnley klubining natijasini yaxshilashi kerak edi. Leeds United klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, Greenwood usha oʻyinda markaziy yarim himoyachi sifatida harakat qildi va Burnley 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, Leedsning Premyer ligada omon qolishini taʼminladi. Umuman olganda, u 2021/22-yilgi mavsumda jami toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi.

Xalqaro faoliyati



Greenwood Angliya terma jamoasining 17, 18 va 19 yoshgacha boʻlgan darajalarda himoya qilgan.

2021-yil, 6-sentabrda Greenwood Angliya U20 terma jamoasiga St. Georgeʼs Parkda Ruminiya U20 jamoasi ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi.

2021-yil, 16-noyabrda Greenwood Angliya U21 terma jamoasi safida Batumidagi Gruziyaga qarshi oʻyinning (3:2) 36-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi



2022-yil, 22-may holatiga ko'ra

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz