Sam Fisher




Sam Fisher (talaffuzi:  Sem Fisher) (2001-yil 17-mayda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Sam Fisher „Dunfermline Athletic“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Sam Fisher 2019-yil sentyabr oyida „East Kilbride“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Sam Fisher oʻyinlardan birida olgan jiddiy jarahoti tufaydi mavsumda klub jamoasiga yordam bera olmadi. Chunki uning jarohati operatsiyani talab qildi va bu uni olti oydan toʻqqiz oygacha klub safiga qayta olmaslikka majbur qildi.

Klub tarkibiga qaytganidan keyin Sam Fisher „Dundee“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Shartnomaga koʻra, Sam Fisher 2023-yilgacha klub safida maydonga tushadigan boʻldi. Shundan soʻng Sam Fisher darhol Shotlandiyaning Birinchi liga vakili „Forfar Athletic“ futbol klubiga shu yilning yanvar oyigacha ijara asosida yuborildi. 2021-yil yanvar oyida Shotlandiyada COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani sababli SFA va SPFL tomonidan Shotlandiya Birinchi ligasi doirasidagi barcha uchrashuvlar uch haftaga bekor qilinganidan soʻng, Sam Fisher „Dundee“ klubi tomonidan chaqirib olindi.

Sam Fisher „Dundee“ klubidagi ilk oʻyinini 2021-yil yanvarida, safarda „Raith Rovers“ jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Mavsum davomida Sam Fisher jami toʻrtta liga oʻyinida maydonga tushdi.

2021-yilning iyul oyida Sam Fisher Shotlandiya Ikkinchi ligasida ishtirok etayotgan „Forfar Athletic“ jamoasiga ijara asosida qoʻshildi. 2022-yil 29-yanvarda Sam Fisherni „Dundee“ futbol klubi chaqirib oldi. Sam Fisher 3-fevral kuni mavsumning qolgan qismida „Forfar Athletic“ klubiga ijara asosida qaytdi.

2022-yil 16-avgustda Sam Fisher Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Dunfermline Athletic“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz