Sam Altman
Samuel H. Altman (talaffuzi: Samuel H. Oltmen; 1985-yil 22-aprelda tugʻilgan) — amerikalik ishbilarmon, investor va dasturchi, OpenAI shirkati bosh ijrochi direktori, Y Combinator shirkatining sobiq prezidenti. Bundan tashqari, u Loopt (2005-yilda asos solingan) va Worldcoin (2020-yilda asos solingan) shirkatlari hamasoschisi hamdir.
Hayoti
Altman 1985-yil 22-aprelda yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Bolaligi Missuri shtatining Saint Louis shahrida oʻtgan; onasi — dermatolog. Altman hayotidagi birinchi kompyuterini sakkiz yoshida olgan. John Burroughs (talaffuzi: Jon Berrouz) maktabida tahsil olgan. Maktabni tamomlagach, oʻqishni Stanford universitetining informatika fakultetida davom ettirgan. 2005-yilda esa universitetni tashlab ketgan. 2017-yilda Waterloo universiteti faxriy unvonini olgan.
Ish faoliyati
OpenAI
Altman OpenAI nomli cheklangan foyda keltiruvchi tadqiqot kompaniyasining bosh ijrochi direktoridir. Ushbu shirkat sunʼiy ongni butun insoniyatga foyda keltirishi mumkin boʻlgan tarzda rivojlantirishni maqsad qilgan. OpenAI avvalboshda Altman, Brockman, Elon Musk, Jessica Livingston, Peter Thiel, Amazon Web Services, Infosys va YC Research tarafidan moliyalashtirilgan. Unga 2015-yilda jami $1 milliarddan ortiq sarmoya bilan asos solingan.
Shaxsiy hayoti
Altman bolaligidan beri vegetariandir. Bundan tashqari, u gey boʻlib, Loopt shirkati asoschilaridan biri boʻlgan Nick Sivo bilan toʻqqiz yil davomida munosabatda boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org