Salvatore Quasimodo




Salvatore Quasimodo (1901.20.8, Sirakuzi — 1968.14.6, Neapol) — italyan shoiri. Ijodi 20-yillar oxirida boshlangan. 30-yillarda yolgʻizlik va hayotdan zerikishlik (germetizm) ruhida asarlar ("Suv va Yer", 1930; "Gʻarq boʻlgan goboy", 1932; "Erato va Apollion", 1936; "Sheʼrlar", 1938) yaratgan. Fashizmga qarshi kurash yillarida oʻz sheʼriyatida mavjud ijtimoiy hayotga murojaat etgan ("Kunma-kun", 1947). "Hayot—tush emas", (1949), "Soxta va tabiiy maysa" (1954), "Tengsiz zamin" (1958) va b. asarlari vatanparvarlik, fuqarolik mavzularida. Nobel mukofoti laureati (1959).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz