Salvatore Calabrese




Salvatore Calabrese (Campi Salentina, 1903-yil 6-yanvar — Bolonya, 1973-yil 30-noyabr) italiyalik gastroenterologiyaga ixtisoslashgan shifokor va patologik anatomiya boʻyicha olim. U Campi Salentina shahridagi Padre Pioda Pietrelcina kasalxonasining qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasi asoschisi.

Hayoti



Salvatore Calabrese 1903-yil 6-yanvarda Campi Salentina (Lechche) shahrida tugʻilgan. 1928-yilda Federiko II nomidagi Neapol univeritetining tibbiyot va jarrohlik yoʻnalishini tamomlagan. Shundan soʻng Genuyaga koʻchib oʻtdi va u yerda fuqarolik kasalxonasida ichki kasalliklar boʻlimida koʻngilli xodim sifatida ishladi, keyin u „Ansaldo“ sanoat kompaniyasining tibbiy rahbari boʻldi. Bu davrda olim oʻz tadqiqotlarini anatomik patologiyaga bagʻishladi va turli xil ilmiy-ommabop nashrlarda chiqish qildi. 1939-yilda Pavia universitetida gastroenterologiya boʻyicha tahsil oldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiyaning fashistlarga qarshilik koʻrsatishida, Genuyani ozod qilish uchun harbiy harakatlarda qatnashgan. 1945-yilda Kalabrese Campi Salentinaga qaytib keldi va u yerda uch oʻgʻlining bevaqt vafot etganiga bagʻishlangan „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasiga asos soldi. Besh yil oʻtgach, 1951-yilda oʻzi direktorlik qilgan Padre Pio da Pietrelcina kasalxonasining poydevorini qoʻydi. U 1973-yil 30-noyabrda miokard infarktidan keyin Bolonyada vafot etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz